SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Fransiyaning milliy qahramoni Janna D’Ark tavallud topgan kun
1412-01-06

Janna D’Ark  - orlean qizi, 6 yanvar 1412 yilda Fransiyaning Domremi qishlog’ida tug’ilgan. Fransiyaning milliy qahramoni. Oddiy dehqon oilasida tug’ilgan, yoshligidan taqvodor bo’lib o’sgan.Yuz yillik urush davrida (1337-1453) ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish  yasalishiga sababchi bo’lgan. Erkakcha kiyingan va qurollangan Janna qiyinchiliklar bilan valiahd shahzoda Karl qabuliga kirib(1429 y.) uni keskin  harbiy harakatlarni boshlashga da'vat eta olgan.Yoshgina qizaloqqa fransuz  qo’shiniga qo’mondonlik qilish topshirilgan.Janna birin-ketin ajoyib g’alabalarni qo’lga kiritdi. Janna qamaldagi Orleanni xalos qilgan (1429y.). Shundan keyin unga Orlean  qizi nomi berilgan.Pate, Shampan grafligi, Reymslarni ozod qilgandan keyin  Karl VII ni Fransiya qiroli deb e'lon qilgan va unga toj kiydirish marosimini o’tkazgan. Jannani obro’si askarlar va xalq ichida oshganligi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmagan. Kompyen ostonalarida bo’lgan jangda burgundlar tomonidan asirga olingan va inglizlarga sotilgan. Inglizlar Jannani Ruan shahriga olib kelib, cherkov sudiga topshirganlar.Cherkov sudi J. D’Arkni dahriylik va jodugarlikda ayblagan va Ruanning markaziy maydonida yoqishgan (1431y.) Yuz yillik urush tugagach, Fransiyada chaqirilgan Oqlov jarayonida Janna D’Arkning aybsizligi to’la isbotlangan (1456). Rim papasi keyinchalik uni avliyolar qatoriga qo’shgan .

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi . T.,2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan