SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
O`zbekiston xalq rassomi Basharov Qutlug` 1925.31.12 yilda tavallud topgan
1925-12-31

Basharov Qutlug` 1925.31.12 (2004.20.01)- O`zbekiston xalq rassomi   (1975). 1950 yillardan Toshkentda O`zbekiston BA faxriy  a'zosi  (1997). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida ta'lim olgan (1952-56), Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1982). Asosan linogravyura, litografiya, akvarel usulida ishlagan dastgoh va kitob grafikasi asarlari bilan tanilgan. Dastgoh grafikasiga mansub triptixlari, avtolitografiya  turkumlari,  flomaster  bilan qog`ozga ishlagan «O`zbekiston musiqasi va raqslari» turkumi (1973), portretlar (“Alisher Navoiy”, 1968; “Abu Rayhon Beruniy”, 1972; “Akmal Ikromov” va boshqalar.), rangli gravyura turkumlari (“Insonga tinchlik kerak”, 1983; “Sharq ayollari”, 1984) bor. Rangtasvirda ham samarali ijod qildi: ”Navoiyning hayoti va ijodi” (1965),”Amir Temur lashkarboshi”, ( “Amir Temur portreti” va boshqa., 1996). Hamza nomidagi Davlat mukofati laureti (1979). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofatlangan (1999).Teshikqopqa qabristoniga dafn etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan