San'atkor Majidxon Saidov tavallud topgan kun
1954-12-22
San'atkor o`zi
tanlagan sohada yuzaga chiqquniga qadar, yer ostidan sizib chiqqan buloq
kabi uzoq va mashaqqatli yo`lni bosib o`tadi. Ijod va tinimsiz mehnat hamda
izlanish orqaligina o`z maqsadiga erishadi. Xalqimizning sevimli san'atkori
Majidxon Saidov ham san'at sohasida uzoq
yillar mehnat qildi. So`qmoqlar katta yo`lga olib chiqqani kabi uning umr manzili ulkan yo`lga chiqib
tutashgunicha tinib-tinchimadi. O`zi yaratgan ijod namunalari orqali elga tanildi, muxlislar ortirdi. Majidxon
Saidov 1954 yil 22 dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topdi. U bolaligidan
san'atga mehr qo`ygani bois, o`rta maktabda o`qib yurgan kezlaridayoq, tuman
Madaniyat uyi qoshidagi “Beshqarsak”
ansambliga qatnay boshladi. 1985 yilda ushbu ansmblda radio, televideniya orqali xalq kuylarini qayta
ishlab, ijro etib, el nazariga tushdi. Majidxon, ayniqsa, milliy maqom yo`nalishidagi
ashulalarni ijro etishni jondilidan sevr edi. Bolaligimda maqom yo`nalishidagi
ashulalar radio orqali berilguday bo`lsa, unga qo`shilib ijro etardim. Ayniqsa,
Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Rasul qori Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, Orif hoji Alimahsumov,
Fattohxon Mamadaliyev, Hojixon Boltayev, Nazira Yusupova, Berta Davidovalar
ijrosidagi qo`shiqlarni sevip tinglardim, -deydi Majidxon aka. 1991 yilda Farg`onada bo`lib o`tgan oilaviy ansambllar ishtirokidagi musiqa festivalida ishtirok etib, faxrli
birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. 1993 yilda esa Toshkentda Hoji Abdulaziz
Abdurasulov xotirasiga bag`ishlangan maqomchilar musobaqasida ham qatnashib, o`z
qo`shig`i bilan birinchi o`ringa munosib topildi. Majidxon Saidov ijrosi tez
orada ustozlar nazariga tushdi. 1994 yilda Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar
ansambliga ishga taklif etishdi. U ustozlar davrasida ishlab, ijod qildi. 2001
yilda “O`zbekiston” telekanalida musiqa maslahatchisi bo`lib o`z faoliyatini
davom ettirdi. Qahramonimizning farzandi Mo`minjon Saidov ham ota izidan borib,
san'at sohasida ijod qilmoqda
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan Dilshoda The Tale of Tsar Saltan The Golden Cockerel Five little bears (Music)