SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
O`zbekiston xalq artisti Mannon Uyg`ur tavallud topgan kun
1897-09-10

Taniqli o`zbek teatr san'ati arbobi, mashhur rejissyor, O`zbekiston xalq artisti Mannon Uyg`ur 1897 yil 10 sentyabr Toshkent, 1955 yil Toshkent).M.Uyg`ur 1909-1914 yillarda Toshkentdagi yangi uslub maktabida, Ahmad Xo`ja adrasasida ta'lim oladi. U sahnadagi faoliyatini 1916 yilda Turon truppasida aktyor sifatida boshlaydi. M.Uyg`urning tashabbusi bilan Davlat teatri tashkil topadi. Usta Obid Jalil, Sayfi qori Olimov, Abror Hidoyatov kabi yoshlar jalb etiladi. Teatr ishlarini yaxshi yo`lga qo`yish uchun M.Uyg`ur ham rejissyor, ham dramaturg, ham aktyor sifatida g`ayrat ko`rsatib mehnat qiladi. “Turkiston tabibi” asarini yozib, sahnaga qo`yadi va o`zi bosh rolni ijro etadi.O`sha yillarda M.Uyg`ur ijodida aktyorlik faoliyati yetakchi o`rinda edi. U o`zi yozgan “Faniy uy”, “O`n ikki soatlik hokimiyat” asarlarida  o`g`ri, Jo`ra rollarini,Hamda Kal (Ғ.zafariy,Yorqinoy”),Muslim (“Halima”), Ғofur (“Boy ila xizmatchi”), Karl Moor (“Qaroqchilar”) obrazlarini yaratib, yuksak ijrochilik mahoratini namoyish etadi.M.Uyg`ur  teatr rejissurasida o`z kuchini sinab ko`rib, 1919-1920 yillarda “Boy ila xizmatchi”, “Zaharli hayot”, “Tuhmatchilar jazosi” va boshqa asarlarni sahnaga qo`yadi. M.Uyg`ur 1924-1927 yillarda Moskvada o`zbek drama studiyasida o`qib, K. Stanislavskiyning ilg`or sahna uslubi, Ye.Vaxtangov rejissurasi bilan nazariy va amaliy jihatdan tanishadi. O`qishdan qaytgach M.Uyg`ur U.Hojibekovning “Arshin mol olan”, Xurshidning “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” asarlarini sahnalashtiradi. Bu spektakllar o`z vaqtida o`zbek musiqali drama janrining rivojida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. So`ngra ustoz san'atkor jahon va rus klassik dramaturgiyasining “Hamlet”. “Otello”, “Revizor” kabi nodir durdonalariga murojat qilib, ularni muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtiradi. 1945 yilda M.Uyg`ur sahnalashtirgan Uyg`un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” asari o`zbek sahnasining shoh spektakllaridan bo`lib qoldi. Yarim asrdan beri sahnadan tushmay kelayotgan bu klassik asar hamon tomoshabinlarning nazaridan qolmay, xalqimizning ma'naviy olamini boyitmoqda. M.Uyg`ur aktyor,rejissyor sifatida emas, balki dramaturg, tarjimon sifatida ham samarali mehnat qildi.U “Turkiston tabibi”, “Faniy uy”,”O`n ikki soatlik hokimiyat” pyesalarini yozdi.Molyerning “Xasis”, M.Urdiboduning “Andalusning so`nggi kunlari”, U.Hojibekovning “Na qonur, na qondirur”, V.Myasnitskiyning “Men o`tmisham” pyesalarini rus, ozarbayjon tillaridan o`zbek tiliga tarjima qildi. Buxoro, Chorjo`y, Karki va shaharlarda drama truppalarini tuzdi. Respublikamiz uchun milliy rejissyor kadrlar tayyorladi.Ko`plab iste'dodli san'atkorlarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, Y.Bobojonov, Sharif Qayumov, Sora Eshonto`rayeva, Shukur Burhonov, Olim Xo`jayev kabi o`zbek madaniyatining ulkan arboblari M. Uyg`urning shogirdlaridir. M.Uyg`urning serqirra va sermazmun ijodi munosib taqdirlandi. 1932 yilda unga “O`zbekiston xalq artisti” unvoni berildi. “Alisher Navoiy” spektaklini sahnaga qo`ygani uchun u 1949 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. O`zbek teatrining asoschilaridan biri Mannon Uyg`ur 1955 yilda Toshkentda vafot etdi. Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri, Toshkentdagi markaziy ko`chalarning biri uning nomi bilan ataladi. Mustaqillik yillarida Toshkent Davlat san'at institutiga Mannon Uyg`ur nomi berildi. Betakror is'tedodi va o`lmas ijodiy merosi bilan o`zbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo`shganligi, butun hayotini el-yurt taraqqiyoti, xalqimiz ma'naviyatining yuksalishiga baxsh etganligi uchun u 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. O`.Shokirov, M. Abduqunduzov.  Milliy teatrimiz namoyandalari.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan