SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
"TashBus" ilovasi ishga tushirilgan kun
2016-08-03

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi TashBus ilovasini test rejimida ishga tushirdi.  «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkentdagi avtobuslar harakatini kuzatishga imkon beruvchi TashBus  (Android) mobil ilovasi test rejimida ishga tushirilganini ma'lum qildi. Ilova yordamida foydalanuvchi belgilangan yo`nalishdagi avtobum harakatini kuzatishi, uning kerakli bekatga kelish vaqtini bilishi, davlat raqami, harakat tezligi va avtobekatgacha bo`lgan masofani aniqlashi mumkin.Bekatlar katalogi qaysi yo`nalishlar belgilangan bekat orqali o`tishni aniqlashga imkon beradi. Qidiruv funksiyasi orqali avtobuslarni raqami, bekatlarni esa nomi bo`yicha topishga sharoit tug`diradi. Yo`nalishni tezkor topish uchun uni tanlanganlar ro`yxatiga kiritib qo`yish kifoya qiladi.«Toshshahartransxizmat"ning Grand Technology System kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan ilovasi poytaxt avtobus yo`nalishlarining barchasini qamrab olgan. Yaqin vaqtlar ichida ilovaning iOS talqini ham ishga tushiriladi. Bundan tashqari, dasturchilar rejasida www.tashbus.uz  saytida uning veb-ko`rinishini ishlab chiqish ham joy olgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan