SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Toshkentda «Paxtakor-79» jamoasi xotirasi yodga olingan kun
0000-08-11

11 avgust kuni mamlakat stadionlarida «Paxtakor-79» jamoasi xotirasiga bag`ishlangan tadbir va o`yinlar bo`lib o`tdi.11 avgust kuni O`zbekiston poytaxtida «Paxtakor-79» jamoasining fojiali halokatining 37 yilligiga bag`ishlangan xotira marosimi bo`lib o`tdi.1979 yilning xuddi shu kuni Toshkent-Guryev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to`qnashib ketgan. Fojea yerdan 8400 metr balandlikda yuz bergan va ikki samolyot bortida bo`lgan 178 kishi halok bo`lgan. Ular orasida «Paxtakor"ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo`lgan edi. Xotira marosimining birinchi qismida «Paxtakor» stadionidagi yodgorlik oldiga futbol faxriylari, ishqibozlar, mutaxassislar, jamoa a'zolari, O'FF va PFL xodimlari jam bo`ldi. Faxriylar aviahalokatga uchragan jamoa vakillari haqida xotiralarini yodga olib o`tdi.Shundan so`ng yig`ilganlar «Botkin» qabristoniga yo`l oldi. U yerda Mirzahakim To`xtamirzayev, Alla Tazetdinova, Guram Daraseliya va boshqalar so`zga chiqib, 1979 yilgi jamoa xususida fikrlarini bildirib o`tdi. Tadbirga «Bunyodkor», «Buxoro» va «Lokomotiv» vakillari ham tashrif  buyurib, marhumlarga hurmat bildirishdi.

«Paxtakor-79» jamoasi; 

Sergey Pokatilov, darvozabon, 28 yosh, Nikolay Kulikov, himoyachi, 26 yosh, Olim Ashirov, himoyachi, 24 yosh, Ravil Agishev, himoyachi, 20 yosh,Yuriy Zagumennix, himoyachi, 32 yosh,Mixail An, yarim himoyachi, 26 yosh, Konstantin Bakanov, yarim himoyachi, 24 yosh, Aleksandr Korchenov, yarim himoyachi, 30 yosh, Vladimir Makarov, yarim himoyachi, 32 yosh, Viktor Churkin, hujumchi, 27 yosh, Sirojiddin Bozorov, hujumchi, 18 yosh, Shuhrat Eshbo`tayev, hujumchi, 20 yosh, Vladimir Sobirov, hujumchi, 21 yosh, Vladimir Fedorov, hujumchi, 23 yosh, Idgay Tazetdinov, murabbiy, 46 yosh, Vladimir Chumakov, jamoa shifokori, 46 yosh, Mansur Tolibjonov, jamoa ma'muri.11 avgust kuni mamlakat stadionlarida «Paxtakor-79» jamoasi xotirasiga bag`ishlangan tadbir va o`yinlar bo`lib o`tdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan