
Marina Borodina
Rostislavovna 1951 yil 30 sentyabrda Toshkentda tug’ilgan. 1973 yil P.P.Benkov
nomidagi Respublika rassomlar bilim yurtining xaykaltaroshlik bo’limini
imtiyozli tamomladi. O’sha yili Toshkent teatr va rassomchilik institutining
amaliy xaykaltaroshlik bo’limiga o’qishga kirdi. 1978 yil institutni tamomlab,
Toshkent Pedagogika institutining badiiy grafika fakultetiga o’qituvchi bo’lib
ishga kirdi. 1979 yil Marina Borodina O’zbekiston xaykaltaroshlik va maxobatli
san'at badiiy jamg’armasining ijodiy guruhiga a'zolikka qabul qilindi. Shu
sabab bo’lib, u Toshkent shahridagi qator yirik xaykaltaroshlik ishlarining
muallifiga aylandi. Bulardan ba'zilarini sanab o’taylik: Toshkentdagi
“Algoritm” zavodi badiiy bezagi, To’raqo’rg’on shahridagi konsert zalining
metall shamdonlari, Olmaliqdagi favvora uchun xaykaltaroshlik ishi, Toshkentdagi
akademik Vosit Vohidovning bronzadan ishlangan byusti, “Semurg’” (Oqtosh) dam
olish zonasidagi amaliy xaykaltaroshlik ishlari... Marina Borodina
xaykaltaroshlik bo’yicha respublika va xalqaro simpoziumlarda qatnashgan,
respublika va xalqaro badiiy ko’rgazmalarning doimiy ishtirokchisi. So’nggi
paytlarda qator yutuqli xaykallar - “Tarona”, “Salomat” va boshqalarning
muallifi hisoblanadi. Uning ijodiy ishlari Gemaniya, Angliya, Fransiya
shuningdek O’zbekiston Madaniyat vazirligining kolleksiyalaridan joy olgan.
2001 yil uning shaxsiy ko’rgazmasi O’zbekiston mustaqilligi 10 yillik
bayramining Berlin shahrida nishonlanishi tadbirining bir qismi bo’ldi.
M.Borodina O’zbekiston rassomlar Akademiyasi, shuningdek, “O’zbekiston -
Fransiya” do’stlik jamiyatining a'zosi.Marina Borodina o’z vaqtini pedagoglik
faoliyatiga bag’ishladi. So’ngi 6 yil
mobayinida u Toshkent
Arxitektura-qurilish instituti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri hamda O’zbekiston
Badiiy Akademiyasi qoshidagi Respublika tasviriy va amaliy san'at litseyining “
dizayn” sinfida katta o’qituvchi bo’lib ishlaydi.