SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi jurnalist Umida Fayziyeva tavallud topgan kun
1953-09-18

Umida Fayziyeva 1953 yil 18 sentyabrda Toshkentda tug’ilgan. (O’zbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning farzandi) U yoshligidan kitob mutoala qilishni yaxshi ko’rardi. U otasi Rahmat Fayziyning ijodiga mansub bo’lgan barcha asarlarini birinchi bo’lb tanishib chiqardi. U 1960 yili maktabga o’qishga boradi. O’rta maktabni 1970 yili bitirib, shu yili Toshkent Davlat universitetiga ( hozirgi O’zMU) filalogiya fakultetiga o’qishga kirdi. Oliy o’quv yurtini tugallash arafasida bo’lib o’tgan taqsimlash komissiyasida hozirgi “O’zbekiston ovozi” gazetasiga ishga yuborilishi tasodifiy bo’lgan. 1975 yili bitiruvchilarni ishga taqsimlash marosimida hay'at a'zolari a'lo diplomga loyiq topilgan talabalarni rag’batlantirish maqsadida o’z ixtiyoriga ko’ra ishga taqsimlashgan. Shu tariqa 1975 yil 20 maydan boshlab musahhihlik bo’limida oddiy kuryerlikdan boshlagan. 1981 yildan fan, sog’liqni saqlash, xalq ta'limi bo’limida - ilk ustozlik qilgan mohir jurnalistlar O’tkir Abduazimov qo’lida ishlay boshlagan. Gazetada o’sha kezlari taniqli jurnalist va yozuvchi Maqsud Qoriyev muharrirlik qilardilar. Yigirma ikki yil “O’zbekiston ovozi” gazetasida, so’ng “Mehrigiyoh” gazetasida, 2000 yildan buyon esa “Xalq so’zi” gazetasida mehnat qilayapdi. Qo’proq fanimiz fidoyilari, tibbiyotimizning bugungi kuni, ta'lim sohasidagi islohatlar, ona tabiatimizni asrash bilan bog`liq chiqishlar qilishni yoqtiradi.1993 yil “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”  unvoniga sazovor bo`ldi. Umida Fayziyeva milliy qadriyatlarimizni himoya qilishga, ularni asrab qolishga intilayotganini sezasiz. Ijodkor shunday, u o’z muxlislari bilan o`z qalami orqali gaplashadi. Dilidagi borini oq qog`ozga tushirib odamlarga taqdim etadi. 

Ayol yaratgan dunyo. T. 2005.        

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan