SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Bastakor Bahrullo Lutfullayev tavallud topgan kun
1948-09-05

Bahrullo Lutfullayev 1948 yil 5 sentyabrda Jizzax viloyatining Forish tumani, Garasha qishlog’ida tug’ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqqanligi bois, o’rta maktabni a'lo baholarga tamomlab, 1961 yil Toshkent madaniyat bilim yurtining “Xor dirijyorligi” bo’limiga o’qishga kirdi. Ushbu dargohda ko’plab ustozlardan san'at  sirlarini o`rgandi. Bahrullo Lutfullayev o`qishni muvaffaqiyatli tamomlab, 1965 yil O’zbekiston davlat konservatoriyasining “Xor dirijyorligi” yo’nalishida o’qishni davom ettirdi. Talabalik yillaridayoq, “O`zbekiston” radiosi qoshidagi  O`zbekiston xalq  artisti Botir Umidjonov rahbarlik qilayotgan xor jamoasiga xonanda bo’lib ishga kirishi uning ijodiy faoliyatiga katta burilish yasadi. 1972 yil u konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirib, ish faoliyatini shu jamoada davom ettirdi. B.Lutfullayev 1988 yilgacha xor artisti bo’lib ishladi, keyinchalik xor dirijyori va bosh dirijyorlik vazifasigacha ko’tarildi. Tinim bilmas ijodkor ruhiyatida xalq qo’shiqlari, qolaversa, o’zbek bastakorlari yozgan eng sara kuylarni qayta ishlash jarayonida bastakorlik yo’nalishiga ishtiyoq paydo bo’ldi.  1983 yilda O’zbekiston davlat  konservatoriyasining “Bastakorlik” fakultetiga qayta o’qishga kirdi. B.Lutfullayev bu yerda ustozi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi Mirsodiq Tojiyev qo’l ostida bastakorlik sohasi sir-asrorlarini puxta o’rgandi. Talabalik davrida fortepyano uchun “Raqs”, “Rondo”, “Poema”, “Variatsiya” va Alisher Navoiy ijodiga mansub “Ruboiy” nomli to’rt qismli torli kvartet, fortepyano va kamer orkestri uchun “Abadiy alanga”, “Marsiya” kabi asarlar yozishga muvaffaq bo’ldi.O’quv dargohini tamomlash arafasida davlat imtihoniga to’rt qismli simfoniya taqdim etib, 1987 yili professional bastakor sifatida mustaqil ijod uchun yo’llanma oldi. 1988 yildan 1992 yilga qadar Bahrullo Lutfullayev Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti “Xalq musiqasi” kafedrasida faoliyat yuritdi. 2003 yildan Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san'at institutida kafedra mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. Baxrullo Lutfullayev xor uchun “Yor sendek”, “Bir tola soch”, “Ona”, “ Buloq”, “Sendan yiroqda”, “Bahor shamoli”, “Bolalik yillarim”, “Hur  O’zbekiston”, “Toshkentim bor” kabi ko’plab asarlar yaratdi. Yirik shakldagi xor asarlaridan esa 9 qismli “Saraxbori dugoh” va “Taronalar”, jo’rsiz xor uchun 9 qsmdan iborat “Firoq” turkum asarini, “Navro’z  alyori”ni  sanab  o’tish  mumkin. Uning eng yirik 1993 yilda yaratilgan xor va orkestr uchun “Xorijdagi va tandoshlar”, “Dil izhori” qo’shiq poemasi, “Vatandoshlar yor-yori” asarlari ijodkorga katta shuhrat olib keldi.  U teatrlar uchun ham ko’plab sara asarlar yaratishga muvaffaq bo’ldi. Ayniqsa bastakorning “Samarqand ushshog`i”, “Yor istab”, “Hazilkash shoh”, “Mangu mash'al”, “To`da”, “Boburshoh” kabi asarlari muqimiy nomidagi musiqali drama teatri repertuaridan o`rin oldi.  Yoshlarning ma'naviy dunyo qarashini shakllantirish, tarbiyalash, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurash kabi dolzarb mavzular uning “To`da” dramasida keng ochib berilgan. Mazkur musiqali  drama 2007 yilda bo`lib o`tgan “Teatrlar festivali”da “Yangi mavzu uchun” diplomiga sazovor bo`ldi.  2007 yilda B. Lutfullayevning Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag`ishlab yozgan “Aziz Samarqand” qo`shig`i nafaqat yurtimiz san'at ixlosmandlariga, balki bayramga tashrif buyurgan chet elliklarga ham manzur bo`ldi.

Ozoda Nazarova  “San'at bir gulshanki” 2012


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan