“Ipak yo`li” Banki 1990 yil
31 dekabrda o`z ish
faoliyatini boshlagan. Bankning yirik aksiyadorlari: “O`zbekinvest”
eksport-import sug`urta milliy
kompaniyasi, “Zamon Plus Sarmoya” investitsiya kompaniyasi, “Oziq-ovqat
mollari”, “Baraka” universal lizing kompaniyalari, “Kafolat” sug`urta kompaniyasi.
Bank jismoniy shaxs bo`lgan mijozlari uchun hisobvaraqalar ochish va ularni
yuritish, kassa xizmati ko`rsatish, kommunal va boshqa to`lovlarni qabul qilish,
bank o`tkazmalarini amalga oshirish, xorijiy valyutani olib chiqib, ketishga
ruxsatnomalar berish, plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish va ular bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish,
milliy va chet el valyutasidagi mablag`larni omonatlarga jalb qilish, iste'mol
kreditari ajratish, ipotekali
kreditlash, plastik kartochkalari orqali kreditlash kabi xizmat turlarini
bajaradi. Bankning respublika bo`yicha filiallari soni 7ta, shunday 5 tasi Toshkent shahrida
(Bosh ofis, Mirzo Ulug`bek filiali, O`rikzor filiali, Yakkasaroy filiali, Sag`bon
filiali). Bankning Toshketn shahridagi filiallari tomonidan 2007 yil mobaynida
106,4 mlrd. so`mlik loyihalar moliyalashtirildi. Shundan ishlab chiqarishni
rivojlantirish uchun 51,2 mlrd. so`m, qurilish korxonalariga 1,7 mlrd. so`mlik
hamda xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish uchun 36,1 mlrd. so`mlik kreditlar
berildi. Umuman 80200 ta mijozga xizmat ko`rsatildi, ularning 69600 tasi
jismoniy shaxslar (2008).