SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
25262728   
O’zbekiston xalq artisti Turg’un Alimatov tavallud topgan kun
1922-01-20

Turg’un  Alimatov  (1922.20.1- 2008.17.12) -  sozanda  (dutor, tanbur, sato). O’zbekiston  xalq  artisti (1992). Toshkent  viloyatida  tug’ilgan. 1930  yillardan  Toshkent  shahrida  Toshkent  pedagogika  instituti  ishchi  fakulteti  to’garagida  (1937-40)  tanbur, g’ijjak (skripka) chalishni  o’rgangan. Keyinchalik  xalq  va  professional  ijro  uslublarini  Shobarat  tanburchi,  Nabi  tanburchi,  Mulla  To’ychi  hofiz,  Yu.Rajabiylardan  o’rgangan. 2-jahon  urushi  qatnashchisi  (1942-43). Yosh  tomoshabinlar  teatri (1940-42), Muqimiy  teatri (1943-46) da  g’ijjakchi, O’zbekiston  radiosi  xalq  cholg’ular  orkestri (1947-52, 1957-59), Yunus  Rajabiy  nomidagi  maqom  ansambli (1959-85) da  sozanda. 1985  yildan  Toshkent  davlat  konservatoriyasi  an’anaviy  ijrochilik  kafedrasida  o’qituvchi, professor (1994 yildan). Alimatov  dutor, tanbur  va  sato  ijrochiligini  mukammal  o’rganib, o’ziga  xos  ijro  uslubini  yaratdi. Badihago’ylik, soz  pardalarini  nozik  nolalantirib  chalish Alimatov  ijrochilik  uslubiga xos. Repertuarida  xalq  kuylari, maqom  va  mashhur  ashulalarning  cholg’u  yo’llari (“Dutor  Navosi”, “Tanavor I-II”, “Tanbur  Navosi”, “Chorgoh”, “Munojot”, “Nola”, “Navo”, “Navro’zi  Ajam”, “Eshvoy”, “Buzruk”, “Ey, sabo”, “Kuygay” va  boshqalar)  o’rin  olgan. “Buyuk  xizmatlari  uchun”  ordeni  bilan  mukofotlangan (1997).Shayx  Zayniddinbobo  qabristoniga  dafn  etilgan.

Toshkent. Ensiklopediya.T.,2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan