SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930    
Rejissyor Iosif Veniaminovich Radun tavallud topgan kun
1911-12-31

Taniqli teatr rejissyori va pedagog Iosif Veniaminovich Radun 1911 yil 31 dekabrda  Melitopol shahrida tug`ilgan. Simferopol drama teatri qoshidagi Teatr studiyasini tugatib, 1929 yildan Simferopol teatrida akyor sifatida ijodiy faoliyatini boshlagan. 1940 yilda A.V.Lunacharskiy nomidagi Moskva davlat teatr san'ati institutining rejissyorlik fakultetini tugatib, M.Gorkiy nomidagi Volgograd teatrida (1943-1945)rejissyor bo`lib ishlagan. Radun 1945 yilda Toshkentga kelib, M.Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida rejissyor (1945-1947)  Respublika Yosh tomashabinlar teatrida (1947-1950) va Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida (1961-1963)  bosh rejissyor sifatida faoliyat ko`rsatgan. Hamza (O`zbek milliy) akademik drama teatri va respublika viloyat teatrlarida spektakllar qo`ygan.U Gorkiy  nomidagi  rus akademik drama teatrida - “Revizor” (N.V.Gogol, 1945), Mehrihonim (A.Dyuran, 1946), “Moskva tonggi ”(A.Surov, 1951), “Portfellik kishi” (A.Fayko,1957) “Vijdon” (D.Pavlova, 1964) “Mening bolaginam Marat” (A.Arbuzov, 1965) “Otello” (Shekspir, 1972).Respublika Yosh tomashabinlar teatrida-“Dvorayanlar uyasi” (I.Turgenov,1968), “Zolushka” (T.G.Gabb, 1969). Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida-“Oltin qidiruvchilar” (M.Seyidbeyli), “Zarafshon qizi” (D.Fayziyev, 1961), “Uch bahodir” (T.Sobirov 1961), “Ishqing bilan” (H.Umarov, 1963).H.Olimjon nomidagi Samarqand o`zbek drama teatrida “Otello” (V.Shekspir, 1956), “Tubanlikda” (1964), “Meshchanlar”  (M.Gorkiy, 1968).Radun 1945 yildan Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutida “Rejissyorlik va aktyorlik mahorati” kafedrasini boshqarib, shu institutning tashkilotchilaridan biriga aylandi. Shu tarzda I.V.Radun ham nazariyotchi, ham amaliyotchi sifatida samarali mehnat qilib, o`zbek teatr san'ati ravnaqiga munosib hissa qo`shdi. 1964 yilda I.V.Radunga “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san'at arbobi” faxriy unvoni berildi. Iosif Veniaminovich Radun 1988 yilda Toshkentda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan