SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222325
262728293031 
Toshkent shaxar xususiy avtoyonilg’i uyushmalari tashkil etilgan kun
1930-09-18

Avtoyonilg’i quyish shoxobchalari- aholi, tashkilot va korxonalarga xizmat ko’rsatadi. Toshkentda birinchi avtoyonilg’i quyish stansiyasi 1930 yilda ochilgan. Mustaqillikkka qadar Toshkentda davlat transporti va shaxsiy transportga alohida-alohida xizmat ko’rsatadigan 30 ta avtoyonilg’i quyish stansiyasi ishlagan. Mustaqillikdan so’ng avtoyonilg’i korxonalarining ish hajmi va turi kengaydi, xizmat madaniyati yaxshilandi. O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining “Respublika iste'molchilarini neft mahsulotlari bilan ta'minlovchi avtoyonilg’i korxonalari ishini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  1998 yil 18 sentyabr qarori asosida Toshkent shahar xususiy avtoyonilg’i korxonalari uyushmasi tashkil etilgan.Uyushmaning asosiy maqsadi avtoyonilg’i korxonalarining ish tartibi masalalarini o’rganib chiqish va shahar hokimiyatiga tavsiya qilish, chet el sarmoyalarini va korxonalar mablag’larini avtoyonilg’i korxonalari sonini ko’paytirish va ularni rekonstruksiyalash ishlariga jalb etish, xususiy AYOQShlar tomonidan axoliga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish kabilardan iborat. Toshkent shahrida avtomobillarni suyultirilgan (propan) va siqilgan (metan) gaz bilan to’ldirib beruvchi shoxobchalar ham ishlab turibdi. Bu shoxobchalar ishini muvofiqlashtirish maqsadida “Uzpropanservis” uyushmasining Toshkent bo’limi (2004) tuzildi. Bo’lim tarkibiga Toshkent shahar va viloyatidagi 28 ta suyultirilgan gaz bilan to’ldirish va 4 ta siqilgan gaz bilan to’ldirish shoxobchasi kiradi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan