SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2018
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122232526
2728293031  
Iste’dodli shoir va publisist Xurshid Davron tavallud topgan kun
1952-01-20

Iste’dodli shoir va publisist Xurshid Davron  1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki bo‘limiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi.

1971- 1973 yillar davomida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi.

Uning ilk she’rlari 1976-1977 yillardan tuman va viloyat gazetalarida bosilgan.Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili “Guliston” jurnalida ustoz shoir Erkin Vohidovning “Оq yo‘l”i bilan boshlangan.

1976-1978 yillar davomida uning bir qator she’rlari chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: “Qadrdon quyosh”, “Shahardagi olma daraxti” bosilib chiqadi.Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi: “Tungi bog‘lar” (1981), “Uchib boraman qushlar bilan” (1983),”To‘marisning ko‘zlari” (1984),”Bolalikning ovozi”(1986),”Qaqnus”  (1987), “Samarqand xayoli”(1991). So‘nggi to‘plam o‘zbek xalqi tarixiga oid ko‘rkam qissalardan iborat.

Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi  she’rlar  kitobi “Bahordan bir  kun oldin” nomi  bilan  nashr  etildi.

Bundan  tashqari , Xurshid  Davron “Sohibqiron  nabirasi” (1995) , “Shahidlar  shohi” (1997) kabi  tarixiy  qissalar  ham yozgan. Dramaturg  sifatida  “Mirzo  Ulug‘bek” , “Bobur  shoh”, “Avrangzeb”  kabi  tarixiy  mavzudagi dramalarini  yaratgan.

Xurshid  Davron she’riy  tarjima  bilan  ham  shug‘ullanib keladi.

Hozirgi  kunda  shoir  tarixiy  hikoya va qissalar  yozish bilan band.

Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda  qalam  tebratmasin,undagi  tarixni  chuqur bilish  qobiliyati, keng  ilmiy  tafakkur saxiy  nurlarini sochib  turadi.

Unga  “O‘zbekiston  xalq shoiri”  unvoni  berilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan