“Davr bank” (Zarqaynar ko’chasi)-xususiy yopiq aksiyadorlik tijorat
banki. 2001 yil 29 sentyabrda tashkil topgan. Bankning asosiy ta'sischilari jismoniy
shaxslar. Bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko’rsatiladigan
xizmatlar: milliy valyutada hisobvaraqlar ochish va xizmat ko’rsatish; aholi bo’sh
pul mablag’larini omonatga jalb qilish; mijozlarga qulay shartlarda kreditlar
ajratish; kassa xizmatlarini ko’rsatish; xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha
operatsiyalarni amalga oshirish va boshqalar. Mijozlarga Toshkentda shahrida
joylashgan amaliyot bo’limi, 8 ta minibank va 2 ta maxsus kassa xizmat ko’rsatadi.
Bank mijozlarining asosiy qismini kichik biznes sub'yektlari, xususiy firmalar
va korxonalar, qo’shma korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil
etadi va ularning soni 3000 ga yaqin (2008).