SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Taniqli adabiyotshunos olim va pedagog, filalogiya fanlari dokttori O’tkir Shokirov tavallud topgan kun
1938-09-24

Taniqli adabiyotshunos olim va pedagog, filalogiya fanlari dokttori, professor O’tkir Shokirov 1938 yil 24 sentyabrda Toshkentda tavallud topgan. U 1962 yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetining jurnalistika bo’limini tugatgach, O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida katta lobarant sifatida mehnat faoliyatini boshladi. 1964-1967 yillarda shu institutining aspiranturasida o’qib, “Izzat Sulton - dramaturg” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 250dan ortiq ilmiy maqolalari, adabiy portretlari, taqrizlari matbuot yuzini ko’rdi. U 1988 yilda “Tanqidchi ijodining individualligi va tarixiy-abadiy jarayon” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 1991 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo’ldi. O’tkir Shokirov 40 yildan beri ta’lim – tarbiya sohasida halol mehnat qilib, yuqori malakali mutahassislar tayyorlash, ularni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda o’zining munosib hissasini qo’shmoqda. U 1973 yildan Toshkent avtomobil va yo’llar institutida o’qituvchi, “O’zbek tili” “Tillar” kafedralari mudiri bo’lib ishladi. “Davlat tili haqida”gi qonunni o’quv va ish yuritish jarayoniga tatbiq etishda katta jonbozlik ko’rsatmoqda. O’tkir Shokirov O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Teatr ijodkorlari uyushmasi a’zosidir. U ilmiy-uslubiy, ta’lim-tarbiya va jamoat ishlarini birga olib borib, yoshlarni mustaqil O’zbekistonimizga sadoqat va mehr ruhida tarbiyalash borasida faol mehnat qilayotir.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan