SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
Ekspressionizm yo`nalishining yorqin namoyandasi, musavvir Amedeo Modilyanining tavallud topgan kun
1884-08-12

Ekspressionizm yo`nalishining yorqin namoyandasi, mashhur musavvir Amedeo Modilyanini italiyalik Van Gog bilan qiyoslaydilar. U 1884 yil 12 iyulda tug`ilgan. Musavvirning otasi Flaminio Modilyani Livornoda ko`mir va o`tin savdosi bilan shug`ullanuvchi yirik tadbirkor edi. Amedeo ziyoli oilada ulg`ayib, yaxshi ta'lim olganiga qaramay, tengdoshlari orasida sho`xligiyu itoatsiz fe'li bilan ajralib turgan. 1906 yilda yosh Modilyani qalbida tug`yon urayotgan yangi ijodiy rejalarni amalga oshirish orzuida Parijga keladi. Tabiiyki, muhabbat shahridagi jo`shqin ijodiy muhit iste'dodli rassomni tezda rom etgan. U taniqli rassomlar, yozuvchi va san'atkorlar davrasining doimiy mehmoniga aylangan. Shunday uchrashuvlarning birida u ilk bor Pablo Pikasso bilan tanishgan. Modilyani ashaddiy adabiyot ixlosmandi ham bo`lgan. U Leopardi, Dante, Rembo, Bodler, Verlen ijodidan yuzlab misralarni yoddan bilgan. Modilyani hayotining so`nggi kunlariga qadar muxtojlikda ijod qilganiga qaramay, pul ortidan quvishni o`zi uchun uyatli hol hisoblagan. Shu sababli gohida bir piyola qahva uchun ham qalamda chizilgan birorta ishi uchun hisoblashgan. U buyurtma bilan portret chizishni yoqtirmasdi, bir bora chizgan qiyofasiga qayta nazar solishni istamagan. Hayotining so`nggi yillarida Modilyanida haykaltaroshlikka qiziqish uyg`ongan. Bir kuni oqshom payti shaharda sayr qilib yurgan Modilyani qurilish maydonida turgan tosh bo`lagini uchratadi. Rassom ilhomi jo`shib darhol ishga kirishadi va oradan ko`p vaqt o`tmay go`zal san'at asari dunyoga keladi. Ammo tongda ishga kelgan quruvchilar haykalni poydevor toshiga ishlatib yuborishadi. Amedeo Modilyanining hayotligi chog`idagi yagona shaxsiy ko`rgazmasi 1917 yili 3 dekabr kuni Parijdagi Berta Vnyl galereyasida ochilgan. Unda rassomning go`zal ayollar qiyofasi aks etgan sari asarlari namoyishga qo`yilgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan