SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
O’zbek xalq artisti Hakim Zarifov tug’ilgan kun
1924-09-17

Zarifovlar sulolasi-Toshkent shahrida tug’ilib faoliyat ko’rsatgan o’zbek sirk san'ati ustalari avlodi. Yangi o’zbek sirk san'atining vujudga kelishida yetakchi o’rin tutgan. Sulola boshlig’i O’zbekiston xalq artisti Karim Zarifov- qiziqchi, muallaqchi, ot o’rgatish va chavandozlikning asoschisi. Faoliyatini 8 yoshidan boshlagan. 1902 yil Toshkentda tashkil etilgan birinchi O’zbek yarim professional sirkining yosh a'zosi. Hakim Zarifov- o’g’li 1924 yil 17 sentyabrda tug’ilgan. O’zbekiston xalq artisti. 1946 yil Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan. Sirkda ishlab turib, 1946-47 yillar Toshsovet musiqali drama teatrida dirijyorlik qilgan. Otasi yaratgan sirk chavandozligi maktabining davomchisi va rahbari. O’g’il-qizlari va nabiralarini ham shu yo’lda tarbiyaladi. O’z faoliyati davomida o’zbek sirk chavandozligini o’ta qaltis va murakkab xatti-harakatlar, go’zal tus va musiqiy jilolar bilan boyitdi.

 Toshkent ensiklopediya 227 bet


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan