SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
“Muzeylar to’g’risida”gi qonun qabul qilindi
1921-09-12

Muzeylar-1917 yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo’lgan. 1917 yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo’lgan muzeylar tashkil etila boshlagan. N. Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida badiiy muzey (hozirgi O’zbekiston davlat san'at muzeyi), 1921 yil eski shahar muzeyi tashkil qilingan. O’rta osiyo muzeyining geologiya, zoologiya, botanika va antropologiya bo’limlari va qishloq xo’jaligi muzeyi va hayvonot bog’i Tabiat muzeyiga aylantirildi. 1945 yil rus yosh tomoshabinlar teatri eski binosida joylashgan Davlat san'at muzeyi mustaqil muzeyga aylandi. 1972 yil o’zbekiston kino san'ati muzeyi, 1973 yil O’zbekiston Sog’liqni saqlash muzeyi, 1975 yil Turkiston harbiy okrugi qo’shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. 1988 yil antiqa va zargarlik buyumlari muzeyi ochildi.. 60-80yillarda H. Abdullayev, M.Ashrafiy , S. Borodin, Oybek, G’afur G’ulom. O’. Tansiqboyev, Abdulla Qahhor uy-muzeylari, Tamaraxonim liboslari doimiy ko’rgazmasi va boshqalarga asos solindi. Toshkentda 29 ta muzey bo’lib, ularda 113127 eksponat saqlanadi. Toshkentdagi yirik davlat muzeylari: O’zbekiston davlat san'at muzeyi, o’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston amaliy san'at muzeyi, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy muzeyi, O’zbekiston tasviriy san'at galereyasi, O’zbek liboslari galereyasi va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi 2008 yil 12 sentyabrda “Muzeylar to’g’risida”gi qonunni qabul qildi. Ushbu hujjat muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ularni muzey ashyolari bilan boyitishga zamin yaratdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan