
JALILOV Ismoil To’laganovich (1948.29.1, Toshkent) -
opera xonandasi (dramatik tenor). O’zbekiston xalq artisti (2000). Moskva
konservatoriyasida ta'lim olgan (1976-80). “Yalla» ansambli (1975-76), Katta
teatr (1979-81), A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1981-90), Rossiya
radio va televideniye qoshidagi Estrada simfonik orkestri (1990-98) da yakkaxon
xonanda. 1998yildan O`zbekiston milliy simfonik orkestrining direktori va
badiiy rahbari. Nafis, kuchli va keng diapazonli ovoz sohibi. O`zbek va Yevropa
operalarida asosiy rollarni mahorat bilan ijro etgan: Cho’pon (S. Yudakov,
«Maysaraning ishi»), Roziy (S. Jalil «Zebunniso»), Gersog Alfred (J. Verdi, «Rigoletto», «Traviata»),
Xoze (J. Bizs «Karmen») va boshqalar. Konsert repertuaridan o’zbek (S. Yudakov,
H. Rahimov, I. Akbarov. A. Ergashev ) va chet el (S. Raxmaninov, P. Chaykovskiy).
Grig, J. Gershvin, A. Babajanyan, Tosti ) kompozitorlarining asarlari, turli
xalq (jumladan, italyan) qo’shiqlari o’rin olgan. AQSh, Yevropa va Osiyo
mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Riode Janeyro xalqaro tanlovi g’olibi (1979).
Shokirov O’. O’zbek
san’atkorlari.- T., 2010