SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Daniel Redkliff mashhur aktyor tavallud topgan kun.
1989-07-23

1989 yil 23 iyulda Londonning g‘arbiy rayonida joylashgan Fulxem shahrida tug‘ilgan. Oilada yagona farzand. Onasi- Marsiya Djanin Greshem Djeykobson, reklama agenti, otasi- Alan Djordj Redkliff, adabiy agent faoliyatida ishlaydi. Daniel 5 yoshida maktab sahnalarida turli kichik rollarni ijro etganligi unda aktyorlikka qiziqish uyg‘onadi. Aktyor 2 ta o‘g‘il bolalar xususiy maktabida tahsil oladi. Afsuski, “Garri Potter” filmidagi roli sababli sinfdoshlari unga yomon munosabatda bo‘la boshlaydilar va Daniel maktabni tark etishiga to‘g‘ri keladi. Ilk bor aktyor ekranda 1999 yil BBC telemahsuloti hisoblangan “Devid Kopperfild” filmida namoyon bo‘ladi. Aynan shu yil rejissyor Kris Kolambusning “Garri Potter va Filosofiya toshi” filmida Garri Potter rolini ijro etish uchun bo‘lgan kastingdan o‘tadi. Film suratga olish ishlari 2000 yildan boshlanadi. Film katta shuhrat qozonadi va 970 mln dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Daniel Redkliffni mashhur qilgan va shuhrat qozongan filmlari sirasiga “Garri Potnr va sirli xona”, “Garri Poter va Azkaban maxbusi”, “Garri Potter va olov kubogi”, “Garri Potter va Feniks ordeni”, “Garri Potter va o‘lim dar: 1 qism” va “Garri Potter va o‘lim ooo 2 qism” kiritish mumkin. Garri Potter roli uchun  aktyorning gonorari 150 000, “Garri Potter va olov kubogi” uchun 5,6 mln va “Garri Potter va Feniks ordeni” esa 8 mln.ni tashkil etadi. Hozirgi kunda aktyorning daromadi 23 mln.dan ortig‘ini tashkil etadi. 2012 yil 3 fevral dunyo filmotografiyasida va 2012 yil 15 mart Rossiyada aktyor ijrosidagi yangi “Qora kiyimdagi ayol” filmi dunyo yuzini ko‘rdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan