
7 iyun – Rossiyada
“Kinotavr” kinofestivali kuni
Kinotavr - Rossiya kinofestivali mamlakatdagi eng mashhur
kinoforumlardan biri hisoblanadi. An’anaviy tarzda Sochida bir necha yillardan
buyon o‘tkaziladi. Kinofestival iyun oyi boshida o‘tkazilib, bir hafta davom
etadi. Birinchi marta festival 1989 yilda prodyuser Mark Rudenshteyn va aktyor
Oleg Yankovskiy tashabbusi bilan tashkil etilgan. Kinotavr kinofestivalining
asosiy vazifasi tashkilotchilar tomonidan belgilangan bo‘lib, yangi kinoasarlar
taqdimoti, kino san’atining mavqesini ko‘tarish va rivojlantirish, ustoz va
yosh kinematograflarning ijodiy izlanishlariga ko‘maklashishdir. Festivalda
avvaliga faqat o‘z yurtida ishlab chiqilgan to‘liq metrajli filmlar ishtirok
eta olgan, lekin 2011yildan boshlab chet el rejissyorlarining ham filmlari
ishtirok eta boshladi. Faqat bitta shart o‘zgarishsiz qolgan: kinoga rus tilida
ovoz berilgan bo‘lishi shart. Festival ish dasturi va filmlar namoyishi tartibi
rahbariyat tomonidan belgilanadi. Masalan, 2013 yilda birinchi marta festivalda
yangi hay’at jamoasi – kinoijarachilar hay’ati ishlagan, ular filmlarni
tomoshabinlar orasidagi mashhurligi bo‘yicha baholashgan. Tomoshabinlarning
fikrlari bilan qiziqishgan. Maxsus mukofotlarni “Maydondagi kino” dasturiga
kiritilgan filmlar qo‘lga kiritishgan. Sochi aholisi va mehmonlari g‘oliblarni
aniqlab beradilar. «Kinotavr» sovrin - haykalcha mukofotiga an’ana bo‘yicha
hay’at a’zolariga o‘nlab to‘liq metrajli lentali va ko‘plab qisqa metrajli
filmlar taqdim etiladi. Mukofotlar uchun taniqli rejissyorlar, aktyorlar,
operatorlar va stsenaristlar hamda debyutant kinematograflar ham kurashadilar.
Festival g‘oliblari haykalcha-sovrinlar, pul mukofotlari va diplomlar bilan
taqdirlanadilar. Festival logotipi – oltin aylana hisoblanadi, uning tepa qismi
– quyosh ramzi bo‘lib, pastki qismida – dengiz ramzi tasvirlangan.Festival
doirasida kino san’atini rivojlantirish uchun ham mukofotlar beriladi, turli
maxsus va axborot namoyishlari hamda davra suhbatlari, master-klasslar,
press-konferensiyalar va ko‘plab madaniy-xordiq dasturlar bo‘yicha tadbirlar
tashkil etiladi.