SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
10 iyun - Butunjahon to‘qish kuni
2005-06-10

10 iyun - Butunjahon to‘qish kuni
2005 yildan boshlab iyun oyining shanba kunida dunyoda antiqa bayram – “Butunjahon to‘qish kuni” nishonlanadi. Bayram ham antiqa tarzda o‘tkaziladi, o‘z nomiga taalluqli tarzda barcha , spitsa yoki kryuchokda to‘qishni yoqtiruvchilar, shaharning bironta jamoat joyida yig‘ilishadi - parkda, kafeda,bog‘da o‘zlarining yoqtirgan ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Butunjahon to‘qish kuni birinchi marta omma oldida Parijda o‘tkazilgan. An’anaga aylangan bu tomoshani to‘qishni yoqtiruvchi Daniel Lendes o‘ylab topgan. Vaqt o‘tishi bilan ommaviy to‘qish bilan nafaqat fransiyalik ayollar, balki boshqa mamlakatlarda yashovchilar ham qiziqib qolishdi. (bayram Amerikada, Angliyada, Shvetsiyada, Finlyandiyada, Norvegiyada, Estoniyada o‘tkaziladi). Aksiyaning o‘z emblemasi bo‘lib, unda Yevropa kartasi fonida 2ta to‘qish spitsalari tasvirlangan. Eng faol to‘quvchilar butun dunyoni to‘qilgan buyumlar bilan ta’minlamoqchilar: to‘qilgan buyumlarni uzoq mamlakatlarga va hattoki boshqa qit’alarga jo‘natadilar. Bundan tashqari, “Butunjahon to‘qish kuni” bayrami doirasida omma oldida to‘qilgan buyumlar ko‘rgazmalari, moda namoyishlari, to‘qishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mahorat darslari tashkil qilinadi. Iplar bilan savdo qiluvchi do‘konlar o‘z tadbirlarini shu kuni o‘tkazadilar. Hozirgi kunda ma’lumotlar bo‘yicha “Butunjahon to‘qish kuni” bayrami dunyoning 350ga yaqin mamlakatida o‘tkazilmoqda.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan