
Otajonov
Ortiq -1947
yil 30 yanvar kuni Xorazmning Bog’ot tumanida tug’ilgan - xonanda, O’zbekiston
(1991), Turkmaniston va Qoraqalpog’iston (1993) xalq artisti. Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi bo’yicha,
1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yo’llarini K.Otaniyozov, shuningdek,
A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan o’rgangan.
O’zbek davlat filarmoniyasi, “Lazgi” ansamblida xonanda(1968-81), “Lazgi”
ansamblinining ,badiiy rahbari. Repertuaridan
Xorazm mumtoz ashulalari(Feruz I,II, savtlari bilan ”Chapandozi Suvora”,
“Xorazm Dugohi” va b.), kuyini o’zi
bastalagan asarlar (“Zebolanib kelibsiz”, “Ona diyorim”, “Xorazm
farzandiman”,”Orol dardi”, “Seni kulishlaring”, “Ibiyay”, “Boshqacha” va b.),
shuningdek, afg’on, turkman, ozarbayjon, rus, arab qo’shiqlari o’rin olgan.
Ijrolari 2 gramplastinka, O’zbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.
O’zbekiston televideniyesida O.Otajonov haqida film-konsert yaratilgan. Otajonov
Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda bo’lgan.
O’zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi . T.,
2000.