SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Raqqosa Dilafro’z Jabborova tavallud topgan kun
1950-07-05

Raqqosa  Dilafro’z Jabborova 1950-yil 5-iyul sanasida Toshkentda tavallud topadi. 1967-yil raqqosa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining xalq raqslari bo’limini, 1983-yil esa Toshkent davlat madaniyat insititutini xoreografiya bo’limini tugatgan. 1976-1978-yillar “Shodlik” ashula va raqs ansamblida, 1978-1982-yilarda Navoiy teatrida, 1982-1986-yillar “O’zbekkonsert” birlashmasida, 1986-yildan M. Qoriyoqubov nomidagi O’zbek davlat filarmoniya gastrol-konsert birlashmasida yakkaxon raqqosa bo’lib faoliyat olib bordi. 1990-2001-yillar “Shodlik” (1996-yildan “O’zbekiston”) ashula va raqs ansambilining badiiy rahbari bo’lgan. Ijrosidagi raqslar sho’xchanligi, jo’shqin harakterlarga boy va ifodaviyligi, ayol qalbidagi ishq, dardu alam, quvonchlarni nozik ishvalarda ifoda etuvchi chiroyli xiromi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: “Dil kuylasin”, “Gulruh”, “Daryoi azim”, “Surnay lazgisi”, “Noz etar”, “O’sma qo’yibdi qoshiga”, “Raqqosa”, “Tanavor”, “O’ynasangiz”, “Munojat” va boshqalar. “Karmen” (J. Bize) operasida Farandou partiyasini ijro etgan. Repertuaridan hind, chili, uyg’ur, rus, eron, turk, afg’on, lo’li va boshqa xalqlar raqslari o’rin olgan. AQSH, Avstraliya, Belgiya, Vetnam, Germaniya, Suriya, G’arbiy Berlin va boshqa  mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. 1984-yil Dilafro’z ijodiga bag’ishlangan “Dilafro’z Jabborova raqsga tushadi” telefilmi suratga olingan.  Raqqosa 1984-yil O’zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo’lgan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan