SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
O‘zbekistonda ilk marotaba Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkazilishi boshlandi
2018-06-27

O‘zbekistonda ilk marotaba Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkazilishi boshlandi.

 

Joriy yilning 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkazilishi boshlandi.

      Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, shuningdek, Qozog‘istonning “Jas otan” yoshlar qanoti va “Nur otan” partiyasi, Qirg‘izistonning Davlat yoshlari, jismoniy tarbiya va sport sohasi agentligi, Tojikistonning Respublika hukumati yoshlar va sport qo‘mitasi hamda Turkmanistonning sport va yoshlar siyosati vazirligi va Maxtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti kengashi vakillari ishtirok etadi.     

         Qardosh xalqlar yoshlarini birlashtiruvchi mazkur forumdan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlari bilan hamkorlikda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan.

         Forum doirasida yoshlar hayotiga bag‘ishlangan ko‘plab mavzularda anjumanlar tashkil etiladi. Jumladan, “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni”, “Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy hamkorlik”, “Yoshlar turizmi Markaziy Osiyo taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi”, “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” kabi mavzularda davra suhbatlari hamda musiqiy dasturlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

     Forumning asosiy tadbirlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkaziladi. Yakunda mamlakatlar o‘rtasida “Qo‘shma hamkorlik 2019-2021” memorandumini imzolash rejalashtirilmoqda.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan