SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Tom Kruz tavallud topgan
1962-07-03

    Tom Kruz 1962 yil 3 iyulda Nyu-Yorkda tavallud topgan. O`qituvchi va elektrik bo`lib faoliyat yuritadigan oddiy oilaning birinchi o`g`il farzandi edi. Aktyorning yoshligi oson o`tmagan. Aktyorning ota-onasi shaharma-shahar ish izlab sarson bo`lishardi. Tom 15 ta maktabda tahsil olgan. 12 yoshida esa otasi uni tashlab ketgan. “Ba`zida isyonchi, ba`zida yiilab seminarlarda qatnashar edim . Do`stlarim kam. Eng yaqin insonlar- oilada bo`lar ekan”- deydi Tom Kruz. “Menda shu qadar ko`p g`ayratim bor ediki, men ularni hech biriktira olmas edim. Men muzqaymoq sotuvchisi yoki do`konlarda ishlashim atigi 1 yoki 2 haftaga borar edi, keyin zerikardim”-deydi aktyor.

    Aktyor o`z ish faoliyatini 19 yoshidan boshlagan. “Cheksiz sevgi” (1981). Keyinroq bosh ro`lda “Osib qo`ying” filmida o`ynagan. Tez orada Frensis Koppola o`zining drama janridagi “Tashqaridan” filmiga aktyorni bosh rolga taklif etdi. Aktyor urush yillari tasvirlangan filmlarda ham serqirra ijod qilgan. Uning nomi butun jahonga mashhur va ma`lum. Aktyor “Oskar” hamda “Oltin Globus” mukofotlariga sazovor bo`lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan