13 avgust
– Zimbabveda mudofaa kuchlari kuni
2019 yil 13 avgustda
Zimbabveda Mudofaa Kuchlari kuni nishonlanadi.
Zimbabve Mudofaa Kuchlari kuni – har yili mamlakatda avgust
oyi o‘rtalarida keng nishonlanadi.Odatda shu kuni mamlakat poytaxti Xarare shahrida
harbiy parad o‘tkaziladi. Mudofaa qo‘shinlari 30 yil davomida yuqori ko‘rsatkichlarga
erishgan. Zimbabve aynan mudofaa kuchlari
tufayli mashaqqat bilan erishgan mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini
saqlay oldi. Zimbabve mudofaa kuchlari ko‘ngillilar asosida tashkil topgan. Mamlakat
qurolli kuchlari tarkibida quruqlikdagi qo‘shinlar va harbiy havo kuchlari bo‘lib,
35 ming kishidan iborat, undan 35 ming kishi quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibida,
4 mingga yaqini esa harbiy havo kuchlari tarkibidadir. Mudofaa kuchlarini tashkil
qilish mamlakat uchun qiyin masalalardan biri bo‘lgan, integratsiya jarayoni muvaffaqiyatli
tugagach, hokimiyat “Milliy qahramonlar kuni”ni belgiladi va shu kun Zimbabve mudofaa
kuchlari kuni deb e’lon qildi. 1980 yilda tashkil etilgan mudofaa kuchlari ham mahalliy
va dunyo miqyosida samarali ko‘rsatkichlarga erishdi. Mudofaa kuchlari Afrika davlatining
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida tinchlikni saqlash va barqarorlikni ta’minlashda
katta hissa qo‘shmoqda.