SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
19-avgust Afg'onistonda Mamlakat mustaqillik kuni
2019-08-19

Minglab olim va fuzalo insonlarni etishtirgan zamin, madaniyat, din va ilm uchrashgan Afg‘oniston bugun, 19 avgust mamlakat mustaqilligining 98 yilligi nishonlamoqda. Bu gapda «mustaqillik» yoki «nishonlamoqda» deyish o‘quvchiga erish tuyulsa kerak. Prezident Ashraf G‘anining Mudofaa vazirligi tasarrufidagi «Mustaqillik minorasi»dan turib tabrik nutqini o‘qishi ham bu achchiq haqiqatdan darak berib turibdi.

SHunga qaramay, Kun.uz ijodiy jamoasi O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisidagi go‘zallikni o‘z o‘quvchilariga havola etmoqda. Sayyohlar va xorijiy fuqarolar yashash joylari doimo jangarilar tomonidan nishonga olib kelingani sababli, bu erda sayohat qilishni istagan dovyurak kishilar kam topiladi. Ammo uning go‘zalligi betakror, misoli marjonlar tizmasidagi yorqin dona...

Afg‘oniston ilk o‘rta asrlar paytida buddizmning keng tarqalgan yurt bo‘lib, Bomiyonda hozirgacha katta buddizm ibodatxonasining qoldiqlari saqlanib qolgan. Albatta, 2001 yil toliblarning vayronkorligi tufayli jiddiy zarar ko‘rgan bino keyinchalik ham qarovsiz qolib ketdi, ammo undan o‘rganish mumkin bo‘lgan bilimlar tarix shinavandalarini o‘ziga jalb etadi. Uning nomi esa xalq orasida Taxti Rustam deb nomlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan