SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Rossiyadagi Bryanks viloyatining tashkil topgan kuni
1944-07-05

 Bryansk viloyati-Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1944 yil 5 iyulda tashkil etilgan. Bryansk  viloyatida 27 tuman, 16 shahar va 31 shaharcha bor. Maydoni 34,9 ming km2. Asosan ruslar, shuningdek ukrainlar, beloruslar va boahqalar  yashaydi. Shaharliklar 60%.  Markazi - Bryansk shahri. Bryansk viloyati O‘rta Rossiya qirlarining g‘arbiy chekkasida, relyefi to‘lqinsimon tekislik. Sharqiy qismi bir oz baland (200-250 m). Torf, fosforit, gil, qum, mergellar bor. Iqlimi mo‘tadil kontinental. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi -7°-9°, iyulniki 18°-19,1°. Yiliga 550-600 mm yog‘in yog‘adi. Daryolari Dnepr daryosi havzasiga mansub, eng yirigi - Desna. Asosan podzol tuproq uchraydi. Bryansk viloyatining kattagina qismi o‘rmon zonasida, janubi-sharqiy qismigina o‘rmonli dasht zonasida. Qarag‘ay, qoraqarag‘ay, qayin o‘sadi. O‘tloq ko‘p. Bryansk viloyati sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi o‘rinda. Teplovozlar, temir yo’l vagonlari, yuk avtomobillari, stanoklar, ekskavatorlar, avtogreyderlar, qishloq xo’jalik mashinalari, priborlar, yengil sanoat uchun texnologik jihozlar ishlab chiqariladi. Bryanskda “Bryansk mashinasozlik zavodi”, “Bryansk elektromexanika zavodi”, “Bryansk avtomobil zavodi”, yo‘l mashinalari ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Yengil sanoat jun gazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bryanskda kamvol kombinati, Klinsida movut kombinatlari, kanop yigiruv fabrikalari, “Krasniy gigant” ko‘n birlashmasi bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, shifer, asbestsement quvurlar, oyna-shisha, isitish radiatorlari ishlab chiqariladi. Oyna-shisha zavodlari, Dyatkovo billur zavodi, “Bryansksement” iishlab chiqarish birlashmasi bor. O‘rmon-kimyo kompleksida mineral o‘g‘itlar, qog‘oz va karton ishlab chiqariladi. Taxta tilish, fanera, mebel, yog‘-moy, konserva korxonalari ishlab turibdi. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Qishloq xo’jalik g‘alla-kartoshka yetishtirish va sut-go‘sht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari: javdar, suli, grechixa, bug‘doy, texnika ekinlaridan konoplya, zig‘ir, qand lavlagi, tamaki. Qoramol, shu jumladan sigir, cho‘chqa, qo‘y-echki, parranda boqiladi. Asosiy transporti – temir yo’l Avtomobil yo‘llari zich. Desna daryosida kema qatnaydi. 3 oliy o‘quv yurti, 26 o‘rta maxsus o‘quv yurti, o‘lkashunoslik muzeyi bor. 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan