SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Buyuk fransuz inqilobi davrida 26-avgust kuni 26-Avgustda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan
2019-08-26


Buyuk fransuz inqilobi

Buyuk fransuz inqilobi — Fransiya tarixida mustabid tuzumga barham bergan va yangi ijtimoiy tara qqiyotga yoʻl ochgan inqilob (1789— 1799). Qirol Lyudovik XVI 1789-yil 5-mayda Bosh shtatlar (parlament) majlisini chaqirdi. 3-toifa deputatlari 17-iyunda oʻzlarini Milliy majlis, 9-iyulda esa Taʼsis majlisi deb eʼlon etdilar. Majlisni tarqatib yuborish maqsadida qilingan urinishlar xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. 14-iyulda Bastiliya turmasiga hujum boshlandi. Bu Buyuk fransuz inqilobining boshlanishi edi. 26-Avgustda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Parij Kommunasi boshchiligidagi 1792-yil 10-avgust qoʻzgʻoloni natijasida monarxiya tuzumi agʻdarildi. Siyosiy rahbarlik yirik savdo-sanoat mulkdorlar vakillari — jirondistlar qoʻliga oʻtdi. Inqilobni chuqurlashtirish tarafdori boʻlgan yakobinchilar jirondistlarga qarshi chiqdi. 1793-yil yanvarda Konvent (oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ) hukmi bilan qirol Lyudovik XVI davlatga xoinlik qilishda ayblanib, qatl etildi. 1793-yil 31-may — 2-iyun qoʻzgʻoloni oqibatida yakobinchilar diktaturasi oʻrnatildi. Yakobinchilar hukumati xalqni safarbar etib, uning Fransiyaga bostirib kirgan Yevropa monarxiyachi davlatlar (Prussiya, Avstriya va boshqalar) qoʻshini ustidan gʻalabasini taʼminladi. Biroq yakobinchilar avj oldirgan ommaviy terror ularning ijtimoiy bazasini toraytirib yubordi va magʻlubiyatga olib keldi. 1794-yil termidor (Fransiya Respublikasi taʼsis etgan kalendar boʻyicha 11 oy) toʻntarishi yakobinchilar diktaturasiga chek qoʻydi. Hokimiyat yirik mulkdorlar qoʻlida jamlandi. Direktoriya (1795-yil 4-noyabrdan 1799-yil 10-noyabrgacha Fransiya hukumati) oʻz tuzumini oʻrnatdi. 1799-yil 18-bryumer kuni uyushtirilgan davlat toʻntarishi fransuz inqilobiga barham berdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan