SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
1936-yil 26-avgust kuni Yunusobod tumani tashkil etilgan
2019-08-26

Yunusobod tumani

Yunusobod tumani — Maʼmuriy-hududiy birlik. 1936-yil 26-avgustda Kirov tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1992-yil may oyidan Yunusobod tumani deb ataladi.

Yunusobod nomining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (akademik A. Muhammadjonov) fikricha, joyning nomi juda qadimiy boʻlib, asli "Yunusrabot" deb atalgan. Bu oʻrinda "rabot" karvonsaroy maʼnosida qoʻllangan. Shimoliy tomondan shaharga kiruvchilar shu joyda qoʻnib oʻtishgan. Mahalliy ziyolilarning fikricha, joyning nomi sebzorlik tadbirkor Yunushoji Nodirhoji oʻgʻli (19-asr, Yunusobod Oqtepasida bogʻrogʻlari boʻlgan) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Tuman shaharning shimoliy qismida joylashgan. Amir Temur xiyobonidan boshlanib shimoliy tomonga, Toshkent katta halqa yoʻligacha davom etadi.

Maydon 4,14 ming ga, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan maydon 1,073 ming ga. Aholisi 289,0 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 441 ta. Asosiy magistral koʻchalari: Sharof Rashidov, Amir Temur, Ahmad Donish, Xurshid, Gʻani Mavlonov, Jahon Obidov, Gvardiya polkovnigi Xoʻjayev. 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 3547 korxona va tashkilot boʻlib, kichik va oʻrta biznes subʼyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 36,3%, qurilishda 64,2%, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 50,9% ni tashkil etadi. Ular orasida 155 ta qoʻshma korxona faoliyati ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan.

Sanoat korxonalaridan "Uzbekqishloqmash", "Yulduz" tikuvchilik, "Asbobsoz", "Raupxon" korxonalari, vagon taʼmirlash zavodlari, kitobjurnal fabrikasi, "Oʻzbekenergotaʼmir" ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar ishlab turibdi. Chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan "Dilek interprays", "Aylin Gida Sanayi", "Aziya Silk" sho’ba korxonalari, "Rastr", "Supertekstil" korxonalari, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi 3 ta qo’shma korxona bor.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan