SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
31      
2008-yil 26-avgust sanasida Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan
2019-08-26

2008-yil Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan.Abxaziya – Gurjiston Respublikasi tarlibida.  Respublika janubda Qora dengiz sohillari, janubiy-sharqda Gruziya hududi, shimolda Rossiya bilan davlat chegaradosh. Rossiya Federatsiyasining Abxaziya bilan chegaradosh sub'ektlari Krasnodar o'lkasi va Karachay-Cherkesiya. Maydoni 8,7 ming km2. Aholisi 530 mingdan ortiq kishi(2005). 5 ta tuman, 7 ta shahar, 4 shahrchasi bor. Poytaxti- Suxumi shahri.

Abxaziya hududining ko’pchilik qismi Katta Kavkaz tog’ tizmasining etaklari va yon bag’irlarida joylashgan. Ayrim joylarda tog’larning balandligi 3-4 ming metrga yetadi. Foydali qazilmalari: tosjko’mir, qurilish materiallari, barit, simob, polimetall rudalar.Daryolari: Bzib, Kodori, Galidzga,Gumistka; ko’llari:Ritsa, Amtkeli. Davlat tili-abxaz tili.

Abxaz xalqining ajdodlari haqidagi dastlabki maʼlumotlar jez asrining keyingi davridan boshlanadi. Mil. av. 1- minginchi yil oʻrtalarida Abxaziya Kolxida qirolligining bir qismi bo‘lgan. Mil. av. 2-asr oxiri –1-asrning boshlarida Abxaziya Pont qirolligi, mil. av. 65-yildan Rim qaramog‘ida bo‘lgan. 4-asrda G‘arbiy Gurjistonda vujudga kelgan Laz qirolligi tarkibiga kirgan. IV–VI-asrlarda butun Abxaziyani Vizantiya zabt etgan. VIII-asrga kelib abxazlar Vizantiyaga itoat etmay qo‘ydi. Shu asrning 80-yillarida G‘arbiy Gurjiston yerlari Abxaziya qirolligiga birlashtirildi. XVI-asrdan Abxaziya Turkiyaga qaram bo‘lib qoldi va abxazlar yerlari iqtisodiy-madaniy inqirozga uchradi. 1810 -yilda Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olindi. XIX-asr boshlarida abxazlar Axchipsou, Aibga, Dal, Sabal, Psxu kabi erkin jamoalar tarzida kun kechirgan. Har biri bir necha ming kishidan iborat bo‘lgan erkin jamoalar qon-qardoshlik guruhlariga bo‘linar va ular o‘rtasidagi munosabatlar abxazlarning anʼanaviy huquqiga asoslanar, hamma masalani jamoa oqsoqoli hal qilar edi. Asrlar davomida Abxaziya knyazligining markazlashuv darajasi avvalo hokim knyazning shaxsiy obro‘-eʼtiboriga bog‘liq bo‘lgan. Ko‘pincha u va mahalliy zodagonlar erkin jamoalarni nazorat qilmasdi. Abxaziya Rossiyaga qo‘shib olingach, bir necha o‘n yillar davomida vaziyat notinch bo‘ldi. Aholining bir qismi Turkiya tarafdori edi. 1864-yilgi Kavkaz urushidan keyin Abxaziyaning muxtoriyat maqomidan mahrum etilishi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Ommaviy norozilik 1866- yilda abxazlarning yalpi qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Rus jazo otryadlari qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Maʼmurlar g‘alayonchi abxazlarni Turkiyaga ko‘chira boshladi. 1877-78 yillardagi rus-turk urushida abxazlar Turkiya tarafida faol ishtirok etishi sababli ularni majburan Turkiyaga ko‘chirish ommaviy tus oldi. Natijada abxazlar yashab kelgan hudud ikkiga: shimoli-g‘arbiy (bzib) va janubi-sharqiy (ab-juy) qismlarga bo‘linib qoldi. Abxazlar tark etgan yerlarga Turkiyadan greklar va armanlar, Rossiyadan turli millat kishilari, Gurjistondan asosan megrellar ko‘chib kela boshladilar. Shu tariqa hozirgi Abxaziya turli-tuman millatlar yurti bo‘lib qoldi. 1921-yil 16-dekabrda Abxaziya shartnoma asosida Gurjiston tarkibiga kirdi. 1990- yil dekabrdan Abxaziya Muxtor Respublikasi, 1992 -yil iyuldan Abxaziya Respublikasi deb e’lon qilindi. Abxaziyadagi 1990-yillardagi vaziyatning xususiyatlari va o‘tkir gurj-abxaz mojarosining sabablari ko‘p jihatdan tarixiy o‘tmishga va XIX–XX-asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar xarakteriga borib taqaladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan