SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
28-avgust Butunjahon fillarni himoya qilish kuni
2019-08-28

28-avgust Butunjahon fillarni himoya qilish kuni

Butunjahon fillarni himoya qilish kuni ekologlar va sayyoramizdagi eng yirik sut emizuvchi hayvonlarning soni kamayib ketayotganiga befarq bo‘lmagan insonlar tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Ushbu kunda dunyoning turli mamlakatlarida dunyo jamiyati diqqatini fillarni tobora kamayib ketayotgani muammosiga qaratish maqsadida tadbirlar o‘tkaziladi. Bugungi kunda Afrikada fillar soni 500.000 ta atrofida bo‘lsa, Osiyoda 30.000 taga tushib ketgan. Ammo hozirgi sharoitda bir necha yilda yo‘qolib ketishi mumkin. Asosan brokonerlar fillarni fil suyagini olish uchun o‘ldirib kelmoqdalar. Ona fillar o‘ldirilishi sababli fil bolalari etim qolib, kam umr ko‘ryabdi. Yil davomida fillarga bag‘ishlangan bir nechta bayram nishonlanadi: Butunjahon fillar kuni – 30 noyabr, Tailandda fil kuni – 13 mart, Butunjahon fillarni himoya qilish kuni 28 avgust,  Butunjahon hayvonot bog‘laridagi fillarni himoya qilish kuni – 20 iyun.
Keng ko‘lamda fillar kuni Tailandda nishonlanadi. Tailand qirolligida bu muhim milliy bayram bo‘lib, mamlakat tarixida fillarning o‘rni katta. Qadimdan fillar ularga barcha yumushlariga ko‘makdosh bo‘lishgan: SHaharlar va ibodatxonalar qurishda yordamlashishgan. Hozirda esa fillar Tailandga sayyohlarni jalb qilishga yordamlashishadi. Bu esa iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biri, Turizm sanalgan davlat uchun juda muhim. Bu kunda qirollik bo‘ylab budda diniga oid marosimlar hamda fillar uchun bayramona mazali tushlik o‘tkaziladi.
 2010 yil Tailand poytaxtida hayvonlardan turizm maqsadlarida foydalanish ta’qiqlab qo‘yildi. Bunga sabab qilib fillarning umri 20-30 yilga qisqarishi ko‘rsatildi. Endilikda fillarda sayr qilishni xohlovchilar uchun Bangkokdan 70 km uzoqlikda joylashgan maxsus qo‘riqxonaga borishni taklif qilishadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan