SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
1721-yil 30 avgust sanasida Shimoliy urush tugadi Nishtant shartnomasi imzolandi
2019-08-30

1721-yil 30 avgust sanasida   Shimoliy urush tugadi Nishtant shartnomasi  imzolandi.

Shimoliy urush (1700-1721) - Rossiya (Shim. Ittifoq tarkibida)ning Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urushi.  Narva ostonasidagi magʻlubiyat (1700) dan keyin Pyotr I armiyani qayta tuzdi. Boltiq flotini barpo etdi. 1701—1704 yillarda rus qo’shinlari Fin qoʻltigʻi sohillarida mustahkamlanib olib, Derpt, Narva va boshqalar istehkomlarni egalladi. 1703- yil Sankt  Peterburgga asos solindi; u Rossiya imperiyasining poytaxtiga aylandi. 1708- yil Rossiya hududiga bostirib kirgan shved qoʻshinlari Lesnaya yaqinida magʻlubiyatga uchradi. Poltava jangi (1709)da Shvetsiya butunlay tormor etildi va Karl XII Turkiyaga qochdi. Boltiq floti Gangut (1714), Grengam (1720) va boshqalar joylarda gʻalabaga erishdi. Nishtadt sulh shartnomasi (1721) bu urushga yakun yasadi. Unga koʻra, Liflyandiya (Riga bilan birga), Estlyandiya (Revel, Narva bilan birga), Kareliyaning bir qismi (Keksgolm bilan birga), Ingermanlandiya (Ijor yeri), Ezel va Dago lari Rossiyaga o’tdi. Rus qo’shinlari tomonidan bosib olingan Finlyandiya yerlarining ko’p qismi Shvetsiyaga qaytarildi. Rossiya Shvetsiyaga 2 mln. yefimka (pul birligi) miqdorida tovon to’ladi,  har ikki davlat ortasidagi savdo munosabatlari tiklandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan