SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
O`zbek shoiri Zohidjon Obidov tavallud topgan kun
1923-12-25

25-dekabr O`zbek shoiri Zohidjon Obidov 1923-yilda Toshkentda tug`ilgan. Toshkent Davlat Universitetiga, uni tugatgach Namangan Pedagogika institutida dars berdi, viloyat yozuvchilar uyishmasiga rahbarlik qilgan. Shoir Toshkentga qaytgandan so`ng O`zbekiston yozuvchilar uyushmasida, G`afur G`ulom nomidagi “Adabiyot va san`at” nashriyotida hamda “Mushtum” jurnalida faoliyat ko`rsatdi. U shoir sifatida 50 yillardan boshlab ijod qilib keldi. Shu damgacha shoirni 20 ortiq she`riy to`plamlari e`lon qilingan. Jumladan “Yaxshi niyat”, “Yangi oyning o`rig`i”, “Oshiq ko`ngil bilan”, “Xitoydan sovg`a”, “Tong yulduzlari”, “Sening izlaring”, “Ko`ngil navosi”, “Xandalarim”, “Umid to`lqinlari”, “Yurakdagi mavjlar”, “Kuygan kuyov”, “Tanlangan asarlar”, “Talpinur dil”, “Qo`lingni ber”, “Ko`ngil taronasi”, “Kuyla, dilkash dutorim”, “Dilrabosan”, “Baxshiyda”, “Senga talpinaman”, “Qanotli qo`shiqlar” kabi kitoblar chop etilgan. Agar ushbu to`plamlarga kirgan she`rlarni chuqurroq ko`zdan kechirsak, undagi ayrim she`rlar qo`shiq bo`lib yangraganini, ayrimlari hajviya sifatida kulgiga etaklaganini, yana ba`zilari zamon va zamondoshlarning o`y fikrlarini ifoda etganini ko`ramiz. Shoir “O`zbekistondaxizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan. 1996-yilning avgustida vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan