SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
O'tkir Hoshimovning hayoti va ijodi
2019-09-25

Oʻtkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Doʻmbiravot mavzeida tugʻildi. Oʻ. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida oʻqish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryoʻlchi”, “Qizil Oʻzbekiston”, “Transportniy rabochiy” gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon boʻlib ishladi. Soʻng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim (1963–1966), “Toshkent oqshomi” gazetasida boʻlim mudiri (1966–1982), Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1982–1985) boʻldi. 1985–1995 yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrirlik qildi. 1995 yildan 2005 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi lavozimida ishladi. 2005 yildan “Teatr“ jurnalida bosh muharrir boʻlib ishladi.

Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov mustaqil Vatanimizning adabiyoti va maʼnaviy xazinasiga salmoqli hissa qoʻshgan ijodkordir. Qariyb ellik yil davomida turli tillarda ikki yarim millionga yaqin nusxada chop etilgan yetmishdan ortiq kitobi adibni xalqimizning ardoqli farzandiga aylantirdi.

Shu paytgacha yozuvchining “Poʻlat chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motiʼlka”, (1971), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir boʻldi” (1975), “Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan.

Shuningdek, Stefan Sveyg, E. Xeminguey, K. Simonov, K. Paustovskiy, J. London O. Berggols, V. Shukshin, M. Karim va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. “Xazon boʻlgan bahor”, “Birovning tashvishi (Inson sadoqati)”, “Toʻylar muborak”, “Baland dorga osilma”, “Qatagʻon” sahna asarlari muallifi.

Ilk kitobi 1962 yilda “Poʻlat chavandoz” ocherklar toʻplamidir. Birinchi yirik nasriy asari “Choʻl havosi”, “Odamlar nima derkin” (1965),”Shamol esaveradi” (1966), “Qalbingga quloq sol” (1973) qissalari eʼlon qilingan. “Bahor qaytmaydi” (1970), “Dunyoning ishlari”(1982) qissalari yozuvchiga shuhrat keltirgan.

Yozuvchining “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Urushning soʻnggi qurboni”, “Oʻzbek ishi” kabi novellalari oʻzbek hikoyachiligida muhim hodisa boʻldi. Ilk romani “Nur borki, soya bor” (1976) da yozuvchi oʻziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli maʼnaviy – axloqiy masalalar bilan birga oʻtkir ijtimoiy muammolarni koʻtargan.”Ikki eshik orasi “(1986), “Tushda kechgan umrlar” (1994 ) romanlarida Oʻ. Hoshimov zamondosh – asrdosh odamlar taqdirini 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari 2-jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etish yoʻlidan borgan.

Oʻ. Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. “Hazon boʻlgan bahor”, “Inson sadoqati” (1975), “Vijdon dorisi”, “Toʻylar muborak” (1979), “Qatagʻon” kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”(2001) kitobi ijtimoiy – maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.

1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1986 yili Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan.

Adib 2013 yil 24 may kuni 72 yoshida vafot etdi.

 

HAYOTI VA IJODINING MUHIM SANALARI

1941 yil 5 avgust. Toshkent viloyati Zangiota tumani Doʻmbirabot mavzeida tugʻildi.
1958 yil. Oʻrta maktabni bitirdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan