SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
O'zbekiston Respublikasi Milliy Xafsizlik xizmati tashkil etilgan kun
2019-09-25

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK
XIZMATI TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).

2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 2-noyabr,

278-son

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan