SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Akademiya tarixi.
2019-09-25

Akademiya tarixi

O‘rta Osiyodagi huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlab beradigan eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining tarixi 1932 yilda Toshkent o‘rta maxsus militsiya maktabi tashkil etilishi bilan boshlanadi. U 25 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston hududidagi ichki ishlar organlari uchun yuristlar tayyorlab beruvchi yagona maxsus o‘quv yurti bo‘lgan.

 

1958 yilda Toshkent shahrida RSFSR Jamoat tartibini saqlash vazirligiga qarashli Moskva oliy maktabi sirtqi ta’lim fakultetining bo‘linmasi tashkil qilingan. O‘sha yilning o‘zida sirtqi ta’lim tinglovchilari ilk bor qabul qilingan.

 

1961 yilda birinchi bitiruv marosimi bo‘lgan. Sirtqi bo‘limni O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston IIVning xodimlaridan iborat 48 nafar tinglovchi bitirgan.

 

O‘rta Osiyo mintaqasida ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganligi sababli, 1964 yil 1 avgustda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan bo‘lim Toshkent sirtqi ta’lim fakultetiga aylantirilgan. Unda uchta kafedra — maxsus fanlar, yuridik fanlar va ijtimoiy fanlar kafedralari, shuningdek, rus va chet tillar seksiyasi tashkil qilingan. 1964 yil sentabr oyida fakultet qoshida kechki bo‘lim ochilgan. Unda Toshkent garnizoni ichki ishlar organlarining 50 nafar xodimi ta’lim olgan.

 

1965 yilda o‘quv bo‘limi tashkil etilgach, metodik va o‘quv-tarbiyaviy ishlar sezilarli darajada jonlandi. Bu vaqtga kelib, Toshkent sirtqi ta’lim fakulteti 300 dan ortiq huquqshunos-yuristlarni tayyorlab chiqardi. Biroq O‘rta Osiyodagi barcha respublikalarning ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash muammosini to‘liq hal qila olmas edi.

 

O‘zbekiston hukumatining 1967 yil 23 oktabr qarori bilan sirtqi ta’lim fakulteti negizida SSSR Jamoat tartibini saqlash vazirligining Toshkent Oliy maktabi tashkil etildi. Unda ilmiy tadqiqot va tahririyat-noshirlik guruhi ochildi; o‘quv rejasiga harbiy va jismoniy tayyorgarlik kiritilgan. Maktabga birinchi yili 85 nafar tinglovchi qabul qilindi, ularning deyarli yarmi militsiya ofitserlari edi.

 

lar organlari-ning tuzilishida ham, IIV o‘quv yurt-larining boshqaruv tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ldi.

 

1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan sobiq SSSR IIV Toshkent Oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi IIV tasarrufiga o‘tkazildi va O‘zbek

 iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi-ning Oliy maktabi deb atala boshlandi.

 

Maktab O‘zbekiston Respublikasi IIV tasarrufiga o‘tgan paytda unda atigi 14 ta kafedra faoliyat ko‘rsatardi. Bugunga kelib kafedralarning soni 24 taga yetdi. 1968 yil sentabr oyida Dushanbe va Ashxobod shaharlarida Oliy maktabning ikkita o‘quv-maslahat punkti tashkil etildi. 1972 yil boshida Toshkent viloyatining Krasnogorsk shahri yaqinida maktabning harbiy-dala o‘quv markazini qurish uchun joy ajratildi.

 

70- yillar boshlarida Akademiyaning hozirgi binolari majmuini qurish boshlandi. Bir necha yil ichida o‘quv harbiy
binolari, ikkita yotoqxona, oshxona, saf maydoni, klub, sport majmui, harbiy-dala o‘quv markazi qurib bitkazildi.
1971 yilda kunduzgi ta’lim tinglovchilarining birinchi bitiruvi bo‘ldi. Ularning soni atigi 32 nafar edi, ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash ehtiyoji esa doimiy ravishda o‘sib borardi. Shu bois 1973 yilda maktabga qabul qilinadigan ting-lovchilar soni ikki baravar ko‘pay-tirildi.

 

Malaka oshirish kurslari esa fakultetga aylantirildi. Unda har yili ichki ishlar organlarining taxminan 200 nafarga yaqin III xodimlari ta’lim oladigan bo‘ldi.

 

1980 yilda Dushanbe shahridagi o‘quv-maslahat punkti negizida sirtqi ta’lim fakultetining bo‘linmasi, malaka oshi-rish fakulteti qoshida esa dari (for-siy) tili tarjimonlarini tayyorlash bo‘yicha maxsus kurs tashkil etildi. Te-gishli kafedra ham ochildi. Bir yildan so‘ng ushbu kurs fakultetga aylantirildi.

 

80- yillar o‘rtalariga kelib maktabda kunduzgi va sirtqi ta’lim, malaka oshi-rish fakultetlari, dari tili tarji-monlarini tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultet hamda yonQinga qarshi texnika va xavfsizlik muhandislari fakulteti faoliyat ko‘rsata boshladi. 1984 yilda yonQinga qarshi texnika va xavfsizlik muhandislari fakulteti maktab tar-kibidan chiqarildi va uning negizida keyinchalik O‘zbekiston IIV O‘nQin xavfsizligi oliy texnik maktabi tashkil qilindi.

 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan