SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Shved shoiri va yozuvchisi Karl Gustav Verner fon Xeydenstam tavallud topgan kun
1859-07-06

Shved shoiri va yozuvchisi Karl Gustav Verner fon  Xeydenstam 1859 yil 6-iyul kuni Olsxammar shahrida dunyoga keladi. U 1912 yilda Shvedsariya akedemiyasi a’zosi bo’ladi. 1888 yilda uning ilk she’riy to’plami – “Ziyorat va dunyo kezish yillari” yaratiladi. 1889 yilda “Endimion” nomli romanida O’rtayer dengizi atrofidagi ko’hna dunyo aks etadi. Uning 1890 yilda “Renessans romanida o’zining adabiy manifesti e’lon qilinadi. Unda naturalizmni tanqid qilib, boy tasavvur, go’zallikni jonli his qiladigan va tushkunlik bo’lmagan realizmga asoslangan yangicha estetika yaratishga chaqirgan. Yozuvchi “She’rlar” poetik to’plamidan so’ng shved adabiyotida yirik shaxs sifatida tanilgan.  Shoir 1897 – 1998 yillarda Shvedsiyani qudratli saltanatga aylantirgan qirol Karl XII davrida askarlari haqida hikoya yozib, ularni bir – biriga mazmunan ulab, “Karl XII ning yurishlari” kitobini yaratadi. Bu kitob orqali yangicha, miliy afsona yaratmoqchi bo’lgan. 1901 yilda “Avliyo Birgit ziyorati”, 1905 1907 yillarda “Folkunglar shajarasi” 2-jildli romanlari hamda  1908 – 1910 yillarda “Shvedlar va ularning dohiylari 2-jildlik dostonida u o’zining dastlabki g’oyalaridan chekinib, aristokratik dunyosiga qaytgan. 1915 yilda nashr etilgan “Yangi she’rlar” kitobidan so’ng shoir  Shvedsiyaning ko’zga ko’ringan lirik shoiri sifatida tan olingan. 1916 yilda Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Shoir 1940 yilning 20 mayida Evralid Esteryyotlanda dunyodan ko’z yumadi.

Ma'lumot:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan