SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Yevropa tillari kuni.
2019-09-26

                         Yevropa tillari kuni 

 26-28-sentabr kunlari Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘limi Toshkent Gyote instituti, Britaniya kengashi, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hamda Shveytsariya, Chexiya, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Italiya va Gruziya elchixonalari bilan hamkorlikda Yevropa tillari bayramini nishonladi.

Yevropa Kengashi tashabbusi bilan 2001-yildan buyon butun dunyoda nishonlanib kelinayotgan ushbu bayram chet tillarni targ‘ib etadi, chet tillarni o‘rganish o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish, hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa madaniyatlarga yo‘l ochishda qay darajada katta ahamiyat kasb etishini yana bir bor ta’kidlaydi.

Tadbirga Fransiyadan taklif etilgan ikki mehmon, adabiy tarjimonlar – Fransiya Milliy tadqiqotlar markazi professori, tarixchi Stefan Dyuduanyon hamda yozuvchi Andre Markovichlar «Tarjima san’ati» deb nomlangan amaliy anjumanda ishtirok etishdi, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida, O‘zbekiston milliy kutubxonasida, Toshkent fransuz alyansida va Buxoro Davlat universitetida ma’ruzalar qilishdi, talaba va o‘qituvchilarga mahorat darslari o‘tishdi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan