27
sentabr – Butunjahon turizm kuni.
Xalqaro
Turizm kuni munosabati bilan 27 sentabr kuni O‘zbekistonda qator tadbirlar
bo‘lib o‘tadi. Jumladan, "Xalqaro Turizm kuni dasturi"ga muvofiq,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidakbarxon
Akbarov Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi
o‘quvchilari bilan uchrashib, ular bilan “O‘zbekistonda turizmga
e'tibor”, “Yoshlar va turizm” mavzularida suhbatlashadi. Shuningdek, Yunusobod
tumanidagi Toshkent Turizm kollejida ham shu mavzulardagi tadbirlar bo‘lib
o‘tadi. Turizm sohasi vakillari yoshlarni bu yo‘nalishda olib borilayotgan
ishlar bilan tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
1970 yil 27
sentabr kuni Ispaniyaning Torremolino shahrida Butunjahon turizm
tashkilotining Ustavi qabul qilinib, uning Bosh assambleyasi tomonidan mazkur
sanani Xalqaro Turizm kuni sifatida nishonlash belgilandi. Maqsad —
turizmni targ‘ibot qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga
qo‘shayotgan hissasini ommaviy axborot vositalarida yoritish, turli
mamlakatlar aholisi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilashdan iborat.
Shuningdek, har bir inson o‘zini sayyoh sifatida his qilib, Ona
sayyoramizning go‘zal, betakror tabiati, madaniy, tarixiy va tabiiy
yodgorliklarini o‘rganishi, ularni asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shishidir.
Globallashuv sharoitida tezkorlik bilan axborot almashinishi
natijasida insonlarda dunyo mamlakatlari bilan tanishishga qiziqish
kuchayib bormoqda. Bu o‘z navbatida turizm sohasining rivojlanishiga olib
keldi.
Soha
rivojining tarixiga nazar tashlasak: T.Kuk 1841 yili poyezdda sayohat
tashkillashtirgan, sayohat 1 shilling turgan. Sayyohlarga issiq choy, shirin
kulcha berilib, yo‘l davomida orkestr musiqa chalib turgan. Birinchi sayyohlik
agenti 1847 yili Germaniyada tashkil etiladi. XX asrga kelib esa,
sayyohat qilish inson dunyoqarashini kengaytirish, boshqa xalqlar hayoti bilan
tanishishning asosiy vositasi bo‘lishga ulguradi.
27
sentabrda aksariyat dunyo mamlakatlarida Xalqaro Turizm kuni bayram sifatida
nishonlanib, shu kuni turizm yo‘nalishlariga bag‘ishlangan turli xil
tadbir va festivallar o‘tkaziladi. Bugungi kunda mazkur sohada faoliyat
yuritayotganlar sayyohlarga har tomonlama qulay va xavfsiz sharoit yaratib
berishga harakat qilishmoqda.
Jahon
sayyohlik tashkilotining ma'lum qilishicha, dunyo yalpi ichki mahsuloti
hajmining o‘ndan bir qismi, xalqaro investitsiyalarning 11 foizdan ortig‘i
turizm hissasiga to‘g‘ri keladi. Butun dunyo bo‘yicha sayyohlar oqimi yiliga
4-5 foizga o‘smoqda.
Turizm sohasida ulkan salohiyatga ega O‘zbekiston o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati va fayzli go‘shalari bilan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, yurtimiz sayyohlik ko‘lami va tarixiy joylar soni bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n mamlakat qatorida turadi. O‘zbekistonda yetti mingdan ortiq me'moriy va arxeologik obida mavjud. Bunday bebaho meros xalqimizning bitmas tuganmas boyligi hisoblanadi.
Har yili 27 sentyabr kuni otolaringoglar kuni kasbi
bayrami keng nishonlanadi Otolaringogiya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, (quloq,
burun, tomoq) quloq, tomoq, burun va yondosh bo‘shliqlarini anatomik va fiziologik
tuzilishi, hamda ularning diagnostikasi, davolash va profilaktikasini o‘rganuchi
tibbiyotning eng muhim qismi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda faoliyat
ko‘rsatayotgan vrachlarni qisqartirib “Lor” deb (loringotorinolog) ataladi.
Dunyoda sport turlari ko‘p. Lekin ular orasida futbol o‘zining jozibasi bilan
alohida ajralib turadi. Futbol mamlakat shon-shuhratini dunyoga keng npmoyon
etuvchi kuchli va ta’sirchan vositalardandir. Toshkentda 2012 yil 28 sentyabr kuni “Bunyodkor” sport kompleksining ochilishiga
bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Bunday ulug‘vor
va hashamatli, o‘zida 7ta zamonaviy futbol maydonini, bolalar va o‘smirlar
futbol maktabi, yotoqxonalar, basseyn va boshqa bir qator kerakli
ob’ektlarni mujassam etgan, jami 56 gektar erni egallagan bu majmua
poytaxtimiz-azim Toshkentimizda qisqa davrda qad
roslagani, haqiqatan ham, barchamizga mo‘‘jizaday bo‘ldi. Futbolni
rivojlantirish, o‘zbek futbolining yorqin kelajagini ta’minlovchi iste’dodli
sportchilarni tarbiyalash maqsadida “Bunyodkor” futbol majmuasi bolalar va
o‘smirlar futbol maktabi barpo etildi.