SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Raximov Mirzohid tavallud kuni
2019-09-30

                      ]

 Mirzohid Rahimov (1946.30.9, Toshkent) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1964 yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi, rejissyor assistenti, 1967 yildan diktor. R.ning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, "Nazm va navo", "Yakshanba oqshomi" koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. R. telefilm, kinoxronika va "Oʻzbekfilm"da filmlarga ovoz bergan.Rahimov Mirzohid 1946 yil 30 sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2000 yil  O‘zbekiston xalq artisti unvoniga e’ga bo‘lgan. 1971 yil Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan . 1964 yildan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi, rejissyor assistenti, 1967 yildan diktor.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan