SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Boboev Baxtiyor Mamarasul o’g’li tavallud topgan kun
1937-12-25

Boboev Baxtiyor Mamarasul o’g’li (1937.25.12, hoz. Qozog’istondagi Aris sh.)-rassom O’zbekiston Badiy Akademiyasi akademigi (1999). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1973). Shoir Mamarasul. Boboevning o’g’li. Toshkent teatr va rassomlik san’ati inistitutini tugatgan (1963). 1974-yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati (hoz. Komoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayin) inistitutida o’qituvchi, 1980-yildan dotsent, 1997-yildan professor. Boboev ijodida ijodkorlar, hunarmandlar qiyofasi, mehnat jarayoni muhim o’rin tutadi. Asarlari “Zamin sho’ri” (1963), “Tandirchilar” (1968), “Alisher Navoiy portreti” (1968), “Farg’ona  navolari” triptixi (1970), “Gazli tongi” (1975), “Chorraha” (1983), “Alisher Navoiy soy bo’yida ” (1993), “Namozi asr” (1997) va 1963-yildan respublikada va chet mamlakatlardagi badiy ko’rgazmalarda asarlari bilan faol ishtirok etdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan