1991 yil 30 sentabr - O`zbekiston Respublikasi
Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi Inson xuquqlari va
erkinliklari Deklaratsiyasini ratifikatsiya qilindi.
1991-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni ratifikatsiya qildi. Ushbu
Deklaratsiya mustaqil Ozbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro
hujjatdir.
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan
2-bolimi mazkur Deklaratsiya talablariga tola mos bo'lib, unda Ozbekiston
Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bolishi, jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi takidlab o'tilgan.
Deklaratsiya O'zbekiston Respublikasida inson
huquqlari himoya qilish borasida jahon andozlariga mos huquqiy tizim ishlab
chiqish uchun tamal toshi vazifasini bajardi. Shu kungacha Respublikada inson
huquqlarini himoya qilishga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular
xalqaro meyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. Inson huquqlariga rioya
etilishi ustidan monitoring va nazoratni taminlovchi milliy institutlar — Inson
huquqlari bo'yicha Oliy Majlis vakili Ombudsman, O'zbekiston Respublikasi Inson
huquqlari boyicha milliy markaz va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish instituti va boshqalar
faoliyat olib bormoqdalar.