SOS falokat tastiqlangan kun.
1906-yil 3-oktyabrda dengizda SOS falokat
signali tasdiqlangan kun. Shu kuni Berlinda 29 ta davlat
vakillari ishtirokida halokat signali SOS ning tasdiqlanishi
to’g’risida Dengiz konferensiyasi bo’lib o’tgan. 1890-yillar boshida
hali radio ixtiro qilinmasidan oldin, dengiz kemalarida turli audiosignalli va
ko’z bilan ilg’anadigan halokat signallari qo’llanilar edi. Buning uchun
semafor (xar-xil rangli) bayroqlar, signal chiroqlar va qo’ng’iroqlardan
foydalanishgan. Radio (u paytda "simsiz telegraf” deb nomlanardi)
avvallari yer usti sili telegraf hisoblangan Morze alifbosidan
foydalanilgan. Kemalarda radiostansiyalar paydo bo’la boshlagandan so’ng
kommunikatsiyani standartlashtirishda zaruriyat paydo bo’ldi. Dastavval, taklif
qilingan signal CQD harflardan iborat bo’lib, birinchi ikkita harf hamma
radiostansiyalarning standart chaqirig’i hisoblangan, oxirgi D- harfi esa
signalga keyinchalik qo’shilgan, bu harfdan ingliz tilida -Danger-havf
so’zining birinchi harfidir. Bu so’zga dengizchilar tezda
"Come Quick, Danger” iborasini qo’llashgan, uning ma'nosi ingliz tilidan
tarjima qilinganda "Tezroq boring, halokat!” degani. Shunday bo’lsada,
Morze alifbosi tilida bu signal juda qiyin bo’lgan. Turli noxushliklarni oldini
olish maqsadida bu harflar o’rniga keyinchalik boshqalarini ya'ni, -SOS
tanlangan. Morze tilida bu kod shunday bo’lgan- uchta tochka- uchta tire- uchta
tochka. Shunday qilib, bu signal jumlaning texnik tushunchasidan kelib chiqqan,
ulardan ko’pinchalik quyidagi ma'nolarda qo’llaniladi; "Save Our Shin”
(bizning kemani qutqaring), yoki "Save Our Souls”, "Save Our Spirits”
(bizning qalbimizni qutqaring), yoki "Swim Or Sink” (yordam beringlar yoki
cho’kamiz), yoki "Save Other Signals” (boshqa signallarni bas qiling)
signallarni qabul qilgandan keyin paydo bo’lgan. 1999-yil 1-fevraldan so’ng
hamma dengiz kemalari halokat signalini uzatish uchun yangi zamonaviy -GMDSSni
qo’llashlari kerar. Shu munosabat bilan "SOS” signalining ahamiyati
pasayganiga qaramay uning qo’llanilishi hali
ham kuchlidir.