
28-oktabr Kutubxonachilar kuni
Xalqaro
maktab kutubxonalari kuni (International School Library Day) Yunesko tashabbusi
bilan 1999 yildan buyon o’tkazilib kelinadi. Ilk marta bu tadbir xalqaro maktab
kutubxonalari assotsiatsiyasining raisi (International Association of
School Librarianship, IASL) Blansh Vullz tomonidan tantanali ravishda e'lon
qilindi. 2005 yilda tadbirni bayram tarzida rasmiy ravishda nishonlashni mazkur
tashkilotning yangi prezidenti Piter Jenko tasdiqladi. 2008 yilda bu voqyea
birinchi darajaga ko’tarildi. Ya'ni yanvar oyida mazkur loyihaning ish
yurituvchisi Rik Malxollanning e'lon qilishicha, xalqaro maktab
kutubxonachilari kuni oyligi ham xalqaro tarzda o’tkaziladiga bo’ldi. Shunday qilib shu yilning
oktyabrida ilk marta Maktab kutubxonachilarining “Maktab kutubxonasida
savodxonlikni rivojlantirish” shiori ostida tadbirlar oyligi o’tkazildi. Tadbir
qatnashchilari bir oy ichida xohlagan bir kunni maktab kutubxonachilariga
bag’ishlangan tadbirni o’tkazish uchun tanlab olishlari mumkin. Ba'zi bir
tashkilotchilar bir kun bilan chegaralanib qolmasdan uzoq vaqtga mo’ljallangan
tadbir kunlarini e'lon qilishdi. Masalan, oylik tadbirlar o’tkazilgan kunlarda
kitobxonlarni qiziqtirish va ularning sonini aniqlash. Shunday qilib har yili
oktyabr oyining oxirgi haftasida “Maktab kutubxonalari kuni xalqaro miqyosda
o’tkaziladigan bo’ldi. Maktab kutubxonachilari kunini o’tkazishdan asosiy
maqsad bolalar kitobxonligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish va maktablarda
kitob fondini rivojlantirib borish hisoblanadi