SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
28-oktabr Nyu-Yorkda Ozodlik haykalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun
2019-10-28

28-oktabr Nyu-Yorkda Ozodlik haykalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun

1886-yil 28-oktabr - Nyu-York shahrida Ozodlik haykalining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi: Ushbu haykal gudzon qirg’og’ida joylashgan bo’lib, kelayotgan mehmonlar va muhojirlar uchun salomlashish ramzi (timsoli hisoblanadi. Uni Frederik Bartal’di va Gyustav Eyfel’ yuritishgan. Ozodlik haykali AQSh mustaqilligini yuz yilligi sharafiga Fransiya tomonidan sovg’a qilingan. Haykal 1886-yil 17-iyunda "Izeri” nomli fransuz kemasida 214 ta qutiga joylangan holda keltirilgan. Keyingi 4 oy davomida uni bo’laklab yig’ib granit tagkursiga o’rnatilgan. Ozodlik haykali AQSh ramzi hisoblanadi. (Nyu-York yaqinida) Manxetten yaqinidagi ozodlik orolida joylashgan. Ozodlik ma’budasi ung qo’lida mash’ala va chap qo’lida kitob (ma’lumot yozilgan taxtacha) ushlab turadi. Taxtachada "JULY IV MDCCL XXVI” (1776-yil 4-iyul) deb yozilgan bo’lib, bu kuni Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan. Yerdan mash’ala o’rtacha bo’lgan balandlik 93 metr, haykalning balandligi ya’ni tagkursi tepasida mash’alagacha 46 metrni tashkil etadi. 1886-1916-yillarda ozodlik haykali sayyohlar uchun ochiq bo’lib, xohlovchilar ma’buda tojidan butun Nyu-Yorkni tomosha qilishlari mumkin edi. Hozirga qadar haykal bir necha marta ta’mirlanib, takomillashtirildi. 1984-yilda esa YUNESKO himoyasidagi sub’ektlar ruyxatiga kiritildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan