
Nabi G’aniyev tavallud topgan kun
29-Oktyabr - O'zbek kinosining
asoschilaridan biri, kinorejisyor, O'zbkistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi
Nabi G'anievning tavallud topgan kuni. (1904-1953 y.) Nabi G‘aniyevich G‘aniyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. 50 yillik hayotining o‘ttiz yilini
sevimli bo‘lgan san’atga bag‘ishlagan. U o‘zbek kinosi shakllanishi va
rivojlanishida katta o‘rin egallagan kinofilmlarni yaratgan.
Nabi G‘aniyev 1904 yil Toshkentda tug‘ilgan.
Bolaligidan she’r mutolaasi, qo‘shiq kuylash, dutorda chalish, rasm chizish,
do‘stlarini parodiya qilishni yaxshi ko‘rgan. U rassom bo‘lishni orzu qiladi va
1924 yil Moskvadagi oliy badiiy texnikum ustaxonasiga o‘qishga topshiradi.
Aynan shu yerda u ilk bor filmlarni ko‘radi va ularni bir umrga sevib qoladi.
1925 yil Nabi G‘aniyev Toshkentga qaytadi va endigina yaratilgan “Sharq
yulduzi” kinostudiyasida ishlashni boshlaydi.
Avvaliga, u aktyor sifatida kinolarda chiqadi,
so‘ngra, “Baxt quyoshi”, “So‘nggi bek” va boshqa kartinalarda har xil
rejissyorlarga yordamchilik qiladi. Keyin, mustaqil rejissyor sifatida
“Yuksalish”, “Ramazon”, “O‘lim qudug‘i”, “Yigit”, “Biz g‘alaba qozonamiz”,
“Jasur do‘stlar” filmlarini suratga oladi.
Kinomatografiyachilarning milliy kadrlarini yaratish
vazifasini anglab, u yangi san’at targ‘ibotchisi o‘rnida chiqadi va bor kuchi
bilan studiyaga iqtidorli yoshlarni jalb qilishga harakat qiladi. Aynan ular
uchun G‘aniyev o‘zbek tilida ikkita kitob yozadi - “Kinosenariy” va
“Kinoaktyor”.
1926-1929 yillarning, deyarli har bir o‘zbek film
titrlarida Nabi G‘aniyev ismini uchratish mumkin. U kartinalar yaratilishida
ham aktyor, ham ilg‘or o‘zbek yosh-komsomolchi, ham eski qadriyatlarning
omadsiz davomchisi, ham xo‘jalik maslahatchisi sifatida ishtirok etadi, lekin u
ko‘proq - rejissyor yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. 1931 yil “Yuksalish”
nomli o‘zining ilk badiiy filmini suratga oladi. “Ramazon” (1932), “Yigit”
(1935) kabi o‘zining keyingi filmlarida G‘aniyev o‘sha davrlar sovet
san’atining asosiy mavzusi — inqilobiy hodisalar ta’siri tufayli, hayotining
qat’iy xo‘jayiniga aylangan kechagi qul mavzusiga yuzlanadi. Ushbu mavzuni u
milliy material asosida O‘zbekiston odamlari va haqiqatga xos chizgilarni
qat’iyat ila qidirgan holda hal qiladi.