(1934.30.11, Toshkent) aktyor va rejjissyor O'zbekiston xalq
artisti (1974). Toshkent davlat san'at institutini tugatgan (1956), Hamza teatrida aktyor. Asosiy
rollari: Ferdinand (“Makr va muhabbat”), Ilyos (“Sarvqomat dilbarim”), Eydzi
(“O'girlangan umr”), Mark Tuysk (“Oqpadar”), Niyoz (“Noma'lum kishi”), Yo'lchi
(“Qutlug' qon”), G'ofir (“Boy ila xizmatchi”), Edmund (“Qirol Lir”), Ulug'bek
(“Mirzo Ulug'bek”), Amir Nasrullo (“Nodirabegim”), Otello (“Otello”) va boshqalar.
Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli “O'limdan kuchli” spektaklidagi Monserradir.
Kinoda Amir Olimxon (“Gang uzra tong”), Bakir (“Maftuningman”), Amir Nasrullo
("Nodirabegim"), Ota Maqsumov (“Uzoq-yaqin yillar”), Mirzakarimboy (“Parol-Regina mehmonxonasi”), Dadaboy
(“Qo'qon voqeasi”, telefilm) kabi obrazlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik
plandagi rollarni zo'r ehtiros va jo'shqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar
xarakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, o'z harakatda ko’p
ma'no anglatishga, qahramonining his-tuyg'ularini, ichki kechinmalarini tabiiy
ifodalashga intiladi, Rejjissyor sifatida “Mirzo Ulug'bek”, “Alisher Navoiy”,
“Mehrobdan chayon", ”Chimildiq”, “Mashrab”
kabi spektakllarni sahnalashtirdi.